O‘zbekiston Superligasi 24-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "So‘g‘diyona"bellashuvdan keyin (2:0) "sherlar" bosh murabbiyi matbuot anjumanida o‘yin haqida fikrlarini aytib o‘tdi:
- O‘yindan qoniqdim. Mashg‘ulotlarda ishlangan holatlarni bajara oldik. Birinchi bo‘limning o‘zida ko‘plab vaziyatlar yaratdik, o‘yin taqdirini hal qilish uchun imkoniyatimiz bor edi. Ikkinchi bo‘limda ham tezkor gol urib, nazoratni saqlab turdik. Nafaqat natija, balki namoyish etilgan futboldan ham ko‘nglim to‘ldi. Yaxshi saviyada o‘ynadik. Oldimizda yana ikki uchrashuv bor. Ularda ham zafar quchib, kurashni oxirigacha davom ettiramiz.
- Himoyachilar harakatlaridan qoniqish hosil qildim. A’zamovda jarohat bor, unga tezroq safga qaytishini tilayman. Raqobat va tanlov imkoniyatining borligi doim yaxshi. Hozir o‘ynayotgan markaziy himoyachilar ishonchli o‘ynashmoqda.
- Kelasi yil boshqacha, kuchliroq "Paxtakor"ni ko‘rasiz. Mashg‘ulot va yangi murabbiyning futboliga ko‘nikish uchun hammaga vaqt kerak bo‘ladi. "Paxtakor" o‘zbek futbolining yetakchisi. Biz har doim eng yaxshisi bo‘lish va istalgan raqibni mag‘lub etishga qodir bo‘lishimiz kerak.
Manba: Paxtakor matbuot xizmati “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi