15:04 / 04.11.2022
2 817

Legioner hujumchimizning kelajagi mavhum bo‘lib qoldi

Legioner hujumchimizning kelajagi mavhum bo‘lib qoldi
Xorij chempionatlarida to‘p tepayotgan futbolchilarimiz orasida eng yaxshi natijani Bobur Abduxoliqov qayd etib bormoqda.

25 yoshli futbolchimiz “Belarus” chempionatining joriy mavsumida 25 ta gol urib, to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilyapti, shuningdek, yana olti marotaba assistentlik qilib, gol+pas tizimida 31 ochko bilan chempionatning eng foydali o‘yinchisi bo‘lib turibdi.

Ko‘plab muxlisu mutaxassislar nazariga tushgan legionerimiz faoliyatini qayerda davom ettirishi hammani qiziqtirayotgan masalalardan biri hisoblanadi. Belarus futbolini yoritayotgan jurnalist Nikolay Xodasevich bu masalaga e’tibor qaratdi.

- Bobur Abduxoliqov navbatdagi turda yana ikkita gol urdi. Avsumdan boshidan beri raqiblar darvozasini 25 marotaba ishg‘ol qildi. Bu ko‘rsatkich bizni 2001 yil sari yetakladi. O‘shanda oxirgi marotaba shunday natijani nishonlagan edik. Rossiyalik legioner Sergey Davidov Grodnoning “Nyoman” klubida 25 ta gol urgan.

Yuqori samaradorlikdan keyin darrov bir savol tug‘iladi: Abduxoliqovni oldinda nimalar kutyapti?

Hozir Bobur 25 yoshda. 25 ta gol urgani zo‘r natija va oldinda yana ikkita o‘yin bor, yana to‘p kiritish imkoniyati yuqori.

Boburni nimalar kutmoqda? U qayerga boradi?

Ta’kidlash joizki, to‘purarning kelajagi ancha mavhum. Bu masalaning yechimi u tanlaydigan klubga, jamoaning maqsadlariga, murabbiylar shtabiga bog‘liq.

Boradigan klubi unga “Energetik-BGU” kabi o‘zining kuchli tomonlarini namoyon eta oladigan o‘yin modelini qurib beradimi?

Agar shunchaki, tarkibni to‘ldirish uchun olinadigan bo‘lsa zaxirada qolib ketishi va buning oqibatida to‘purarlik qobiliyatini yo‘qotib qo‘yishi hech gap emas. Balki “talabalar” safida Yevrokuboklarda ishtirok etishni ma’qul ko‘rar?!

Lekin hozircha hamma narsa mavhum bo‘lib turibdi. Tabiiyki, Abduxoliqovning bu o‘yini “Energetik-BGU” g‘aznasiga ma’lum miqdorda daromad keltiradi. Muhimi, Bobur bu klubda qancha gol urgani va jamoa uning gollari yordamida necha ochko ishlab olganini inobatga olishdir
, - deydi Nikolay Xodasevich.

Bobur Abduxoliqovning minskliklar bilan shartnomasi shu yilning 31 dekabrigacha davom etadi. Avval hamyurtimizga Rossiya, Turkiya, Shotlandiya, Polsha va Osiyoning bir nechta mamlakatlari jamoalaridan qiziqish bo‘layotgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Bobur Abduxoliqov qanday yo‘l tanlashini vaqt ko‘rsatadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Legioner hujumchimizning kelajagi mavhum bo‘lib qoldi