Boks bo‘yicha Osiyo chempionati. Abdumalik Halokov chorak finalga yo‘l oldi

Boks bo‘yicha Osiyo chempionati. Abdumalik Halokov chorak finalga yo‘l oldi
Foto: Boks federatsiyasi
Iordaniyaning Amman shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining to‘rtinchi kungi bahslari bo‘lib o‘tdi.

-57 kg vazn toifasida Abdumalik Halokov Iroq vakili Jasim Muhammedga qarshi jangda to‘liq ustunlik qildi va 5:0 hisobida zafar quchdi. Halokov chorak finalga yo‘l oldi.

Shuningdek, 4 noyabr kungi bahslarda Hasanboy Do‘stmatov tailandlik Panmot Titisanga qarshi jang qildi va 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.

-71 kg vazn toifasida Havasbek Asadullayev ilk bosqichda mo‘g‘ulistonlik Byamba-Erdene Otgonbaatarga qarshi ringga ko‘tarildi va 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

-48 kg vaznli Asilbek Jalilov qozog‘istonlik Sanjar Tashkenbayga qarshi o‘tkazdi va mag‘lub bo‘ldi.

-60 kg vazn toifasida Adhamjon Muhiddinov Filippin vakili Baskon Paulga qarshi jangda muddatidan oldin g‘alaba qozondi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi musobaqaga 13 nafar bokschi bilan tashrif buyurgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar