
Rossiyalik taniqli murabbiy Valeriy Gazzayev Rossiya va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Rossiya o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishga majbur! Hozir jamoaga ko‘plab yosh futbolchilar taklif qilingan. O‘ylaymanki, biz qo‘limizdan kelgan barcha turdagi nazorat uchrashuvlarini o‘tkazishimiz kerak. Raqib kim ekanligi farqi yo‘q – Tojikiston bilanmi, O‘zbekiston bilanmi. Nazorat o‘yinini o‘tkazish uchun barcha imkoniyatlardan maksimal tarzda foydalanishimiz kerak", - dedi Gazzayev.
Rossiya terma jamoasi 20 noyabr kuni O‘zbekiston terma jamoasi bilan o‘ynaydi. Uchrashuv Toshkentdagi “Paxtakor” markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi. Qiziqarli bahs Toshkent vaqti bilan 17:00 da boshlanadi.
Rossiya Terma JamoasiO‘zbekiston Terma JamoasiO‘rtoqlik UchrashuviYosh FutbolchilarNazorat O‘yinlariToshkent Shahri O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar