23:17 / 07.11.2022
2 803

Ro‘ziqul Berdiyev: "Kubok finalidan so‘ng bizda ruhiy va jismoniy charchoqlar bor edi"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Kubok finalidan so‘ng bizda ruhiy va jismoniy charchoqlar bor edi"
Coca-Cola Superligasining 25-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Neftchi" (0:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida
- O‘yin biz uchun kutilmagan natija bilan yakunlandi. Raqib chuqur himoyalandi va bizga hujumda deyarli imkon bermadi. Oldinga o‘tib tavakkal qildik va qarshi hujumda gol o‘tkazib yubordik.

Oldingi o‘yinlarda ham ochko yo‘qotganimiz va bugungi natija musobaqa jadvaliga ta’sir ko‘rsatayapti. Bugungi mag‘lubiyatdan so‘ng imkoniyatlarimiz ancha kamayib ketdi. Oldinda bitta o‘yinimiz bor va biz oxirigacha harakat qilamiz. Umumiy o‘yin bo‘yicha yigitlarga e’tiroz yo‘q. O‘sha kubok finalidan so‘ng bizda ruhan va jismonan charchoq bor edi. Bu o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmadi. Uydagi o‘yinlarda raqiblar biz bilan chuqur himoyalangan holda o‘yin tashkil etishayapti. Bugun oldingi chiziqda vaziyat yaratadigan va hujumlarni yakunlaydigan futbolchi tarkibimizda yo‘q ekani yana bir bor ko‘rinib qoldi.

- "Nasaf" uydagi o‘yinlarda 7 marta durang qayd etibdi. Bu natijaga qanday izoh berasiz?
- Jurnalistlar uydagi o‘yinlarga e’tibor qaratishayapti. Lekin hech kim safarda eng yaxshi mavsum o‘tkazganimiz haqida gapirmayapti. Aytib o‘tdim, jamoalar uydagi o‘yinlarimizda bizga nisbatan chuqur himoyalangan holda o‘yin tashkil etishayapti.

- Birinchi bo‘limda hakamlar jamoani ruhan sindirishga qaratilgan harakatlarni amalga oshirgandek ko‘rinmadimi?
- Yo‘q, bunday emas deb o‘ylayman. Biz o‘zimiz kam vaziyat yaratdik va imkoniyatlarni golga aylantira olmadik. Bunga hakamlarni aloqasi yo‘q bo‘lsa kerak.

- "Neftchi"dan ko‘ra bugun "Nasaf"ga ko‘proq ochko kerak edi. "Nasaf"ni yutgan jamoaga qandaydir moddiy rag‘batlar berilishi mumkin bo‘lgan gaplar atrofda aylanib yuribdi...
- Biz ham uzoqdan turib eshitayapmiz. Ko‘p jamoalar bizni ochko yo‘qotishimizni istab harakat qilgandek ko‘rinayapti. Bizga qarshi ikki karra kuch bilan o‘ynashayapti. Ammo, bu borada menda hech qanday asos yo‘q va biron fikr aytishim qiyin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: "Kubok finalidan so‘ng bizda ruhiy va jismoniy charchoqlar bor edi"