Foto: IBA
O‘zbekistonning Toshkent shahri boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi 2023 yilgi Jahon chempionatiga mezbonlik qilishi haqida ma’lum qilingandi.
Iordaniyaning Amman shahrida 7 noyabr kuni Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyov ishtirokida o‘tgan matbuot anjumanida bu masala rasman tasdiqlandi va musobaqa borasida bir nechta ma’lumotlar berildi.
Toshkent 2023 yilning 1—14 may kunlari Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston mezbonligidagi musobaqada rekord darajadagi mukofot pullari beriladi. Jahon chempionatining mukofot jamg‘armasi 5,2 million dollarni tashkil etadi. Oltin medal egalari 200 ming, ikkinchi o‘rinlar 100 ming va bronza medal egalari 50 ming dollarga sazovor bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, boks bo‘yicha Jahon chempionati 1974 yildan beri o‘tkazib kelinadi. 1986 yilga qadar har to‘rt yilda bir bo‘lgan musobaqa 1989 yildan boshlab har ikki yilda o‘tkaziladi. Toshkent ilk bor mazkur turnirga mezbonlik qiladi.
O‘zbekiston poytaxti 1995, 1997 va 2017 yillarda Osiyo chempionatiga mezbonlik qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi