
Foto: Twitter
Uels terma jamoasi Qatarda o‘tadigan Jahon Chempionati uchun yakuniy qaydnomani e’lon qildi.
Rob Peyj 26 futbolchidan iborat yakuniy tarkibga quyidagi o‘yinchilarni tanlab oldi:
Darvozabonlar: Ueyn Xennessi («Nottingem Forest»), Denni Uord («Lester»), Adam Devis («Stok Siti»);
Himoyachilar: Neko Uilyams («Nottingem Forest»), Ben Devis («Tottenhem»), Benjamin Kabango («Suonsi»), Jo Rodon («Renn»), Kris Mifem («Bornmut»), Itan Ampadu («Spetsiya»), Kris Ganter («Uimbldon»), Konnor Roberts («Byornli»), Tom Loker («Luton»);
Yarim himoyachilar: Aaron Remsi («Nitssa»), Jo Allen («Suonsi»), Harri Uilson, Deniel Jeyms (ikkisi «Fulhem»), Jozeff Morrell («Porsmut»), Dilan Levitt («Dandi»), Rubin Koluill («Kardiff Siti»), Jonatan Uilyams («Suindon»), Mettyu Smit («MK Dons»), Sorba Tomas («Haddersfild»), Garet Beyl («Los-Anjeles») , Brennan Jonson («Nottingem Forest»);
Hujumchilar: Kiffer Mur («Bornmut»), Mark Harris («Kardiff Siti»).
Uels terma jamoasi B guruhida Angliya, Eron va AQSH bilan kuch sinashadi. JCH—2022 20 noyabrda start olib, 18 dekabrga qadar davom etadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar