1 219
Boks. Osiyo chempionati. Lazizbek Mullajonov yarim finalda hindistonlik raqibini mag‘lub etdi (video)
Lazizbek Mullajonov
Foto: Boks federatsiyasi / Aziz To‘xtamurodov
Iordaniyaning Amman shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining yarim final bahslari 10 noyabr, payshanba kuni bo‘lib o‘tmoqda.
Super og‘ir vazn toifasida (+92 kg) O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Lazizbek Mullajonov yarim finalda Hindiston vakili Narenderga qarshi ringga chiqdi.
Jangda Mullajonov to‘liq ustunlikka erishdi va yakunda 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Finalda o‘zbekistonlik bokschi qozog‘istonlik mashhur charm qo‘lqop ustasi Kamshibek Kunkabayevga qarshi jang qiladi.
Avvalroq Saidjamshid Ja’farov finalga yo‘l olgan, Shahzod Muzaffarov, Athamjon Muhiddinov va Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev yarim finalda yengilib, bronza medaliga ega chiqqani xabar qilingandi.
Osiyo chempionati1, Lazizbek Mullajonov1, Narender1, Boks1 “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?