793
Boks. Ruslan Abdullayev finalda texnik g‘alabani qo‘lga kiritib, Osiyo chempioniga aylandi
Foto: ASBC
Iordaniyaning Amman shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining final bahslari 12 noyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tmoqda.
-63,5 vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Ruslan Abdullayev Hindiston vakili Shiva Tapaga qarshi ringga ko‘tarildi.
Birinchi raund Ruslanning ustunligida o‘tdi, ikkinchi raundning boshida Hindinston vakili oyog‘idan jarohat oldi va jangni davom ettira olmadi. Shu tariqa Abdullayevga texnik g‘alaba yozildi.
Avvalroq Hasanboy Do‘stmatov va Abdumalik Halokov Qozog‘iston vakillarini mag‘lub etib, oltin medalga ega chiqqani xabar qilingandi.
Yana to‘rt nafar o‘zbekistonlik bokschi 12 noyabr kuni finalda ishtirok etadi:
-75 kg: Saidjamshid Ja’farov — Nurqanat Rayis (Qozog‘iston) (17:15 dan so‘ng)
-80 kg: Odiljon Aslonov — Husseyn Eyshaysh (Iordaniya) (17:30 dan so‘ng)
-92 kg: Madiyor Saidrahimov — Aybek Oralbay (Qozog‘iston) (18:00 dan so‘ng)
+92 kg: Lazizbek Mullajonov — Kamshibek Kunkabayev (Qozog‘iston) (18:15 dan so‘ng)
Ruslan Abdullayev1, Boks1, Final1, Osiyo Chempionati1, Shiva Tapa1 “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi