
PSJ hujumchisi Lionel Messi ayni paytda “Manchester Siti”ni boshqarayotgan Xosep Gvardiolaning murabbiylik ishida qo‘llagan uslubi haqida fikr bildirdi.
Ma’lumki, ispaniyalik mutaxassis “Barselona”ni boshqargan davrda argentinalik futbolchi uning qo‘l ostida o‘ynagan.
- Gvardiola futbolga ko‘p ziyon keltirdi. Chunki biz uning qo‘l sotida hamma narsaga osonlikcha erishadigan usulda harakat qildik va hamma bizdan nusxa ko‘chira boshladi. Shundan keyin ham men Gvardiolaning juda ko‘p g‘oyalarini ko‘rdim. Shubhasiz, Gvardiolada o‘yinni tahlil qilish, uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish va g‘oyalarini boshqalarga singdirish borasida o‘ziga xos hislat mujassam, - dedi Lionel Messi.
Messi va Gvardiola 2008-2012 yillari “Barselona”da hamkorlik qilgan. Ular birgalikda uch marta Ispaniya chempionati, ikki marta mamlakat kubogi, uch bor Superkubok, ikki marotabadan Chempionlar ligasi, UYEFA Superkubogi, klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan.
Lionel MessiXosep GvardiolaManchester SitiBarselonaFutbol UslubiO‘yinni Tahlil qilish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar