date
views 1 569

Qozogʻiston terma jamoasi ustozi: "Ertaga yigitlar pul uchun emas, mamlakat gerbi uchun maydonga tushishadi"

Қозоғистон терма жамоаси устози: "Эртага йигитлар пул учун эмас, мамлакат герби учун майдонга тушишади"
Ertangi Oʻzbekiston – Qozogʻiston oʻrtoqlik oʻyini oldidan "Paxtakor" stadioni anjumanlar zalida qozogʻistonliklar ishtirokida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Unda Qozogʻiston termasi ustozi Magomed Adiev va jamoa sardori Asxat Tagibergen qatnashdi.

Dastlab Qozogʻiston MTJ Millatlar Ligasidagi ajoyib ishtirok uchun tabriklab oʻtildi va bosh murabbiyga soʻz berildi.

"Tabrik uchun rahmat. Bizni qardoshlik derbisi kutmoqda. Raqibni hurmat qilamiz. Qisfa fursatda ishlab chiqqan taktikamizni qoʻllashga harakat qilamiz".

Shundan soʻng Asxat Tagibergen gapirib oʻtdi: "Markaziy Osiyo derbisi boʻlib oʻtadi. Koʻrishmaganimizga ancha yillar boʻlgandi. Ertaga qiziqarli uchrashuv guvohiga aylanamiz".

- Sizlar aytganingizdek, bu – derbi. Sizlar uchun bahs qanchalik printsipial ahamiyatga ega?

"Har doim yutish muhim. Biz gʻalaba qozonish uchun shugʻullanamiz, shuni ustida ishlaymiz. Printsipiallik yoʻq. Asosiy bazifamiz – JCh saralashiga taraddud koʻrish", – Magomed Adiev.

"Har bir sportchi gʻalaba qozonish uchun maydonga tushadi. Klubdoshim Igor Sergeev bilan bu borada garov bogʻladik. Ertangi natijadan keyin barchasi oydinlashadi", – Asxat Tagibergen.

- Murabbiyga savol Qozogʻiston tarkibi boʻyicha Millatlar Ligasiga jalb etilayotgan futbolchilar borasida e'tirozlar koʻp. Bunga qanday qaraysiz?
- Men bunga tabiiy jarayon sifatida qarayman. Hamma sizdan qoniqsa, bu ishlar yaxshi ketayotganini anglatmaydi. Eng katta e'tirozni oʻzimga oʻzim qilaman, hamisha oʻzimga savol berib koʻraman. Terma jamoamizning Millatlar Ligasidagi ishtirokiga kelsak, hammasi yaxshi kechyapti. Ertangi uchrashuv orqali Evropa chempionati saralash bosqichiga taraddud koʻrishimiz lozim. Jiddiy qarashimiz kerak.

- Futbolchiga savol. Koʻpchilik jurnalistlarning fikricha, Oʻzbekiston koʻproq texnikaga tayanadi. Oʻzaro solishtirilsa, oʻzbekistonliklar ustun. Ekspertlar ham shu fikrda. Bu borada qanday fikrdasiz?
- Biz ham rivojlanib boryapmiz va boshqa darajada toʻp tepyapmiz. Bunga Millatlar Ligasida ham guvoh boʻlib turibsiz. Ertaga murosasiz oʻyin boʻlib oʻtadi. Kuchli jamoa gʻalaba qozonadi.

- Murabbiyga savol. Qozogʻiston terma jamoasiga qarshi oʻyindagi gʻalaba uchun mukofot puli va'da qilinganmi? Bunday mukofotlar har bir oʻyin uchun ajratiladimi yoki bu faqat Oʻzbekiston bilan murosasiz qarama-qarshilik uchunmi?
- Har bir oʻyindan soʻng pul mukofoti belgilanadi. Bu shu uchun ajratilgan maxsus fonddan ajratiladi. Millatlar Ligasi va oʻrtoqlik oʻyinidagi summada katta farq boʻladi. Ertaga yigitlar pul uchun emas, mamlakat gerbi uchun maydonga tushishadi.

- Nima deb oʻylaysiz, Oʻzbekiston Millatlar Ligasi qaysi ligasidan oʻrin olgan boʻlardi – "C", "B" yoki boshqa?
- Biz hali "B" ligada oʻynab koʻrmaganmiz. Oʻzbekiston munosib raqib. Individual kuchli oʻyinchilari talaygina, qanotlari ham zoʻr ishlaydi. Oʻzbekiston kabi kuchli raqibga qarshi oʻynash biz uchun muhim. Bu kuchli va kuchsiz tomonlarimizni koʻrib olishga xizmat qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qozogʻiston terma jamoasi ustozi: "Ertaga yigitlar pul uchun emas, mamlakat gerbi uchun maydonga tushishadi"