Eldor Shomurodovning “Roma”dagi kelajagi hamon mavhum bo‘lib turibdi. Joze Mourino qo‘l ostida ikkinchi mavsumini o‘tkazayotgan hujumchimizga hali biror marotaba ketma-ket bir necha o‘yinda o‘zini ko‘rsatish imkoniyati berilmadi.
Qishki transferlar mavsumi yaqinlashgan sari Italiya matbuotida Eldor Shomurodovning kelajagiga oid xabarlar ham ko‘payib boryapti.
La Gazzetta dello Sport nashri Rim klubi sport direktori Tyagu Pinto Shomurodovni boshqa jamoaga o‘tkazib yuborish uchun variantlar qidirayotgani haqida yozmoqda. Poytaxt klubi rahbariyati Shomurodovni to‘liq transfer qiladigan klubgagina berishini ma’lum qildi.
Manbaning ta’kidlashicha, Joze Mourino kelajakda ham o‘zbek futbolchisiga imkoniyat berishga shoshilmaydi. Eldor mavsum boshidan beri A Seriya va Yevropa ligasida jami 151 daqiqa o‘ynadi. Bu hatto ikkita uchrashuvning to‘liq vaqtiga ham to‘g‘ri kelmaydi. Temmi Abraxam, Paulo Dibala, Andrea Belotti, Stefan El-Shaaravi kabi hujumchilar jarohat olib safdan chiqqanda yoki sport formasida bo‘lmagan davrda ham murabbiylar shtabi Eldor Shomurodovga e’tibor qaratgani yo‘q.
Italiya futbolini yoritib borayotgan https://footballnews24.it nashri ekspertlari “Bolonya” rahbariyati yana Eldor Shomurodov variantiga qaytganini yozmoqda. Chunki ushbu klub hozir ko‘p gol ura oladigan hujumchiga ehtiyoj sezmoqda. Jamoaning asosiy to‘purari Marko Arnautovich kelasi bahorda 34 yoshni qarshilaydi va yana bir yarim yildan keyin shartnomasi yakunlanadi.
“Bolonya”ga avstriyalik hujumchining o‘rnini bosa oladigan o‘yinchi kerak. Bolonyaliklar yozda katta umid bilan “Bavariya” hujumchisi Joshua Zirkzeyeni olgan edi. 21 yoshli forvardning Italiya futboliga moslashishi juda qiyin kechmoqda. Hozirgacha u barcha turnirlarda atigi yettita uchrashuvda qatnashib, bitta gol urdi xolos.
Klub sport direktori Tyagu Pinto qishki transferlar vaqtida Joze Mourino kam foydalanayotgan futbolchilari sotib yuborishga qaror qilgan. Bu mutaxassis xaridorlar oldiga Eldor Shomurodov va Matias Vinyani to‘liq transfert qilishni talabini qo‘ymoqda.
Il Messaggero nashrining yozishicha, “Roma” rahbariyati bu yo‘l orqali ikki maqsad – g‘aznaga pul tushirish va yangi xaridlar uchun joy ochishni ko‘zlamoqda.
Transfer bozorini tahlil qilib borayotgan mutaxassislar Shomurodovga xaridor bo‘layotgan “Bolonya” va “Torino” kabi o‘rtamiyona jamoalar bu transferni amalga oshirishda bir muammoga duch kelishini ta’kidlamoqda.
Xuddi yozdagi kabi Rim klubi rahbariyati transfer uchun katta miqdorda badal puli talab qilishi kutilmoqda. Yozda Tyagu Pinto “Bolonya”ning 10 million yevrolik taklifini qabul qilmadi. Poytaxtliklar Shomurodov uchun “Jenoa”ga 18 million yevro to‘langanini inobatga olib, xaridor tomondan 12-15 million yevro talab qildi.
Bundan tashqari, Eldor Shomurodov va uning manfaatlarini himoya qilayotgan agentlar ham qishda qat’iy qarorlarni qabul qilishiga to‘g‘ri keladi. 27 yoshli hujumchining zaxirada qolib ketayotgani O‘zbekiston milliy terma jamoasining ziyoniga ishlaydi. Shunday ekan, Shomurodov ham muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun maqbul qarorlarni qabul qilishini kutib qolamiz. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi