date

"Krasnodar" klubi banan haqidagi irqchilik banneri uchun jarimaga tortilda

"Krasnodar" klubi banan haqidagi irqchilik banneri uchun jarimaga tortilda

Rossiya futbol ittifoqi nazorat-intizom qo‘mitasi navbatdagi yig‘ilish natijalariga ko‘ra "Krasnodar" futbol klubini Rossiya chempionatining 26-turida "Anji"ga qarshi uchrashuvda yo‘l qo‘yilgan turli qoidabuzarliklar uchun 125 ming rublga jarimaga tortdi. Bu haqda "Kun" nashri xabar bermoqda.

Qo‘mita raisi Artur Grigoryansning aytishicha, klub o‘z muxlislari joylashgan sektorda No Banana No Party (Banan yo‘q – xursandchilik yo‘q) yozuvi bo‘lgan irqchilik kayfiyatidagi bannerning paydo bo‘lgani uchun 25 ming rubl jarima to‘laydi.

Krasnodarliklar jarimadan 100 ming rublni uchrashuv vaqtida xavfsizlikni ta’minlay olmaganlari uchun to‘laydilar. Uchrashuv vaqtida maydonga "Anji" muxlisi yugurib chiqib ketgan. Bu holat uchun Mahachqala jamoasi 20 ming rubllik jarimaga tortildi.

Jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv 1 mayda bo‘lib o‘tgandi va kubanliklarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangandi.

2015 yilning 5 avgustida xuddi shunday jazoga "SSKA" klubi tortilgandi: klub muxlislari "Anji"ga qarshi uchrashuvda Animal Planet (Hayvonot dunyosi) yozuvi bo‘lgan bannerni namoyish qilishgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "Krasnodar" klubi banan haqidagi irqchilik banneri uchun jarimaga tortilda