
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino o‘tgan yili “Chelsi”dan olib kelingan Temmi Abraxam bilan xayrlashishga tayyor.
Angliyalik hujumchi bu mavsum to‘purarlik qobiliyatini namoyish qila olmayapti va argentinalik yulduz Paulo Dibala olib kelinganidan keyin uning soyasida qolib ketdi. Klub rahbariyati uni yanvarda sotib yuborishga tayyorligini bildirgandi.
Calciomercato nashrining yozishicha, Temmini “Arsenal” o‘z safiga chorlamoqda. Aslida Angliyaning bir necha klublari yozda ham 25 yoshli forvardga og‘iz solgandi.
“Roma”ning Abraxam bilan kelishuvi 2026 yilgacha davom etadi. Hozir bu futbolchining transfer narxi 45-50 million yevroga baholanyapti.
“Chelsi”da o‘z tarbiyalanuvchisini 2023 yilning yozida 80 million yevroga qayta sotib olish huquqi bor. Hozir Abraxam bu narxga munosib emas.
Joriy mavsumda 20 ta uchrashuvda qatnashib, atigi to‘rt marta to‘p kiritgan hujumchi jahon chempionatida qatnashadigan Angliya terma jamoasi ro‘yxatiga kiritilmadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar