Niderlandiyalik muxlislar. Foto Global Look Press
Kecha, 20 noyabr kuni Qatarda futbol bo‘yicha jahon chempionati start oldi. Turnirning final bosqichiga yetib kelgan jamoalarning imkoniyatlarini baholaymiz.
A guruhi. Qatar, Ekvador, Senegal, Niderlandiya
V guruhi. Angliya, Eron, AQSH, Uels
C guruhi. Argentina, Saudiyaya Arabistoni, Meksika, Polsha
D guruhi. Fransiya, Avstraliya, Daniya, Tunis
E guruhi. Ispaniya, Kosta-Rika, Germaniya, Yaponiya
F guruhi. Belgiya, Kanada, Marokash, Xorvatiya
G guruhi. Braziliya, Serbiya, Shveysariya, Kamerun
H guruhi. Portugaliya, Gana, Urugvay, Janubiy Koreya.
A guruhi. Qatar, Ekvador, Senegal, Niderlandiya
A guruhi o‘yinlari taqvimi
20 noyabr
21.00 Qatar — Ekvador 0:2
21 noyabr
21.00 Senegal — Niderlandiya
25 noyabr
18.00 Qatar — Senegal
21.00 Niderlandiya — Ekvador
29 noyabr
20.00 Niderlandiya — Qatar
20.00 Ekvador — Senegal
Qatar
Mezbonlar jahon chempionati debyutiga puxta tayyorgarlik ko‘rishgan — bahordayoq milliy jamoaning barcha a’zolari turnirga maqsadli tayyorlanish uchun klublaridan chaqirib olingan, shunday ekan, qatarlik futbolchilarda o‘zaro tushunib o‘ynash borasida muammo bo‘lmasligi aniq. Ammo buning ikkinchi tomoni ham bor: apreldan buyon bu futbolchilar faqat o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishgan. Bu o‘yinlardagi natijalar ham yaxshi taassurot qoldirmaydi: masalan, sentyabr oyida Feliks Sanches jamoasi Xorvatiya olimpiya jamoasiga yirik hisobda yutqazdi.
Qatar hukumati munosib ishtirok uchun barcha ishni qildi, ammo yarim yil ichida futbolchilarning darajasi o‘sib qolmagan. Chunki daraja oldindan yuqori emasdi. Qatar kimdandir ochko olishi mumkin, ammo ular pley-offga chiqa olmaydi.
Ekvador
Ekvador saralash turnirida ko‘pchilikni hayron qildi: Peru, Kolumbiya, Chili va Paragvay ortda qoldirildi. Milliy jamoaning eng taniqli yuzlari — Enner Valensiya va Pervis Estupinyan, ammo argentinalik murabbiy Gustavo Alfaro jahon miqyosidagi yulduz futbolchilarsiz ham jahon chempionatiga chiqishni uddaladi. To‘g‘ri, iyunda FIFA Ekvadorni diskvalifikatsiya qilishiga bir baxya qolgandi — federatsiya terma jamoada qalbaki hujjatlarga ega bo‘lgan futbolchini (Bayron Kastilo) o‘ynatishda ayblandi.
Tashqi muammolar hisobga olinmaganda, janubiy amerikaliklarda barchasi yaxshi. Ular guruhda Senegal bilan raqobatlashadi, ammo 1/8 final — Ekvador uchun eng yaxshi natija bo‘ladi.
Senegal
Afrikaning amaldagi chempionlarida turnir arafasida jiddiy ustunlik bor edi — Sadio Mane. «Bavariya» hujumchisi bu kuzda ko‘plab gollar urdi va JCHga yuqori sport formasida yetib kelayotgandi, ammo tanaffus arafasida «Bavariya»ning so‘nggi o‘yinida jarohat oldi va Qatarga kelmaydigan bo‘ldi. Senegalning baxtiga «Chelsi» darvozaboni Eduar Mendi jarohatdan tuzalib, safga qaytdi.
Ammo Ekvador bilan bo‘lgani kabi, afrikaliklar jamoasi ham tashqi zarbaga duch keldi — hujumchi Keyta Balde sentyabr oyida antidoping qoidalarini buzgani uchun uch oyga diskvalifatsiya qilindi va jahon chempionatini o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.
Senegal guruhdan chiqish uchun yaxshi imkoniyatga ega, ammo undan uyog‘iga davom etishi dargumon.
Niderlandiya
«Apelsinranglar» jahon chempionatiga turnirning emas, guruh favoriti sifatida qaytishmoqda. Memfis Depay, Frenki de Yong, Virjiyl van Deyk va jamoaning boshqa yulduzlari faoliyatidagi eng yaxshi mavsumni o‘tkazmayapti. Niderlandlarda forvard va darvozabon ampluasida jiddiy muammolar bor: muntazam gol uradigan hujumchi shunchaki yo‘q, jamoaning so‘nggi o‘yinlarida darvozani 39 yoshli Remko Pasver qo‘riqladi.
Lui van Gaal uchun bu terma jamoa boshqaruvidagi so‘nggi yirik turnir — jahon chempionatidan keyin u o‘rnini Ronald Kumanga bo‘shatib beradi. Jamoa van Gaal boshqaruvidagi so‘nggi turnirda hayron qoldirgandi — JCH-2014da uchinchi o‘rinni egallagandi. Hozirda jamoada chorakfinal uchun yaxshi imkoniyat bor, ammo kuchli to‘rtlikka kirish syurpriz sifatida ko‘riladi.
Qatar1, Ekvador1, Senegal1, Niderlandiya1 “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Italiyada ekofaollar norozilik ramzi sifatida IIV binosi qarshisiga go‘ng to‘kdi