Eronliklar mashg‘ulot jarayoni. Foto Global Look Press
Kecha, 20 noyabr kuni Qatarda futbol bo‘yicha jahon chempionati start oldi. Turnirning final bosqichiga yetib kelgan jamoalarning imkoniyatlarini baholaymiz.
A guruhi. Qatar, Ekvador, Senegal, Niderlandiya
V guruhi. Angliya, Eron, AQSH, Uels
C guruhi. Argentina, Saudiyaya Arabistoni, Meksika, Polsha
D guruhi. Fransiya, Avstraliya, Daniya, Tunis
E guruhi. Ispaniya, Kosta-Rika, Germaniya, Yaponiya
F guruhi. Belgiya, Kanada, Marokash, Xorvatiya
G guruhi. Braziliya, Serbiya, Shveysariya, Kamerun
H guruhi. Portugaliya, Gana, Urugvay, Janubiy Koreya.
V guruhi. Angliya, Eron, AQSH, Uels
B guruhi o‘yinlari taqvimi
21 noyabr
18.00 Angliya — Eron
00.00 AQSH — Uels
25 noyabr
15.00 Uels — Eron
00.00 Angliya — AQSH
29 noyabr
00.00 Uels — Angliya
00.00 Eron — AQSH
Angliya
Yevro-2020 finalidan keyin Angliya 1966 yildan buyon ilk oltin medallarini qo‘lga kiritishni ko‘zlagan. Garet Sautgeytda o‘tgan safargi jahon chempionati to‘purari bo‘lgan Harri Keyn yetakchiligidagi ajoyib tarkib bor.
Angliyaliklarda hujumda muammolar yo‘q, ammo mudofaa chizig‘i tashvish uyg‘otadi. «MYU» himoyachisi Harri Maguayr memlar qahramoniga aylangan, Ben Chiluell, Kayl Uoker va Ris Jeyms jarohat olishdi, Sautgeyt esa asosiy taktik sxemani tanlay olmayapti.
So‘nggi o‘yinlardagi natijalar ham tashvishlanarli: Angliya Millatlar Ligasi guruhida birorta g‘alabaga erisha olmay, so‘nggi o‘rinni egalladi.
Eron
Sentyabr oyida Eron termasiga uch yarim yillik tanaffusdan keyin Karlush Keyrosh qaytdi. Portugaliyalik mutaxassis jamoa bilan ko‘p o‘yin o‘tkazishga ulgurmadi, lekin asosiy hujumchilar — Sardor O‘zmun va Mehdi Torimiy yaxshi sport formasida.
Eron Osiyo saralash bosqichida barchadan yaxshiroq ishtirok etgan, ammo mundialda juda murakkab guruhga tushib qoldi. Forslar guruhda ochkosiz qolmasa kerak, ammo jamoani pley-offda tasavvur qilish qiyin.
AQSH
Amerikaliklar Rossiyadagi jahon chempionatini o‘tkazib yuborishgandi, ammo jamoa o‘z uyida o‘tadigan JCH-2026 ga qadar kuchli jamoaga aylanishga harakat qilmoqda. AQSH termasining ko‘plab futbolchilari Yevropa top-klublarida o‘ynaydi: Kristian Pulishich, Ueston Makkenni, Serjino Dest, Jovanni Reyna.
Gregg Berhalter shogirdlari guruhdan chiqishi va chorakfinal uchun ham kurashishi tayin, ammo ularni top-4da kutish o‘rinsiz.
Uels
33 yoshli Garet Beyl uchun bu birinchi va katta ehtimol bilan so‘nggi jahon chempionati bo‘ladi. Shu tufayli Uels termasi sardori jamoaning JCH-1958 turniridagi ishtirokini takrorlab, guruhdan chiqishiga yordam bermoqchi. Ammo jamoa formasi muxlislarni jiddiy xavotirga solmoqda: uelsliklar Millatlar ligasi guruhida birgina ochko olib, so‘nggi o‘rinni egallashgan.
Bir yarim yil muqaddam Yevro-2020 da jamoa 1/8 finalda ishtirokini to‘xtatgandi, hozir ular guruhdan chiqish uchun AQSH bilan raqobatlashadi, jamoa to‘g‘ridan to‘g‘ri raqibi bilan birinchi turdayoq to‘qnash keladi.
Angliya1, Eron1, AQSH1, Uels1 “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi