12:35 / 21.11.2022
984

Mundial taqvimi. G guruhi jamoalari haqida nimalarni bilishingiz kerak?

Mundial taqvimi. G guruhi jamoalari haqida nimalarni bilishingiz kerak?
Neymar Braziliya termasidagi jamoadoshlari bilan. Foto Global Look Press
Kecha, 20 noyabr kuni Qatarda futbol boʻyicha jahon chempionati start oldi. Turnirning final bosqichiga etib kelgan jamoalarning imkoniyatlarini baholaymiz.

A guruhi. Qatar, Ekvador, Senegal, Niderlandiya
V guruhi. Angliya, Eron, AQSh, Uels
C guruhi. Argentina, Saudiyaya Arabistoni, Meksika, Polsha
D guruhi. Frantsiya, Avstraliya, Daniya, Tunis
E guruhi. Ispaniya, Kosta-Rika, Germaniya, Yaponiya
F guruhi. Belgiya, Kanada, Marokash, Xorvatiya
G guruhi. Braziliya, Serbiya, Shveytsariya, Kamerun
H guruhi. Portugaliya, Gana, Urugvay, Janubiy Koreya.

G guruhi. Braziliya, Serbiya, Shveytsariya, Kamerun

G guruhi taqvimi
24 noyabr
15.00 Shveytsariya — Kamerun
00.00 Braziliya — Serbiya

28 noyabr
15.00 Kamerun — Serbiya
21.00 Braziliya — Shveytsariya

2 dekabr
00.00 Kamerun — Braziliya
00.00 Serbiya — Shveytsariya

Braziliya
FIFA reytingi etakchisi 20 yil ichidagi ilk jahon chempionatini yutishga tayyor. Brazillarda buning uchun barcha narsa bor — tajribali va kuchli murabbiy Tite, u jamoa bilan olti yildan buyon ishlamoqda, shuningdek ajoyib tarkib. Bunaqasi kamdan kam boʻladi, ammo Braziliyada darvozabonlar ham jahon darajasidagi yulduzlar — Ederson va Alisson.

Tiagu Silva Markinos bilan mudofaa chizigʻini betonlaydi, Kazemiru — maydon markazini, hujumda esa ishtiyoqi har safargidan yuqori boʻlgan Neymar harakat qiladi. Braziliyada hashamatli hujum chizigʻi jamlangan — Gabriel Jezus, Martinelli, Risharlison, Rafinya, Antoni, Vinisius. Muammo faqat bu yulduzlardan qaysi birini zaxira oʻrindigʻida qolishga koʻndirishda. Agar jamoada ichki muhim bilan barchasi joyida boʻlsa, Braziliya finalga etib borishi tayin.

Serbiya
Serbiyada ham Braziliyadagi kabi muammo — murabbiylar shtabi uch nafar kuchli forvardga: Dushan Tadich, Aleksandar Mitrovich va Dushan Vlahovichga bir vaqtning oʻzida maydondan joy topib berishi kerak. Ularning barchasi yaxshi formada va doimiy ravishda terma jamoa uchun gol urib kelishmoqda. Jamoa mudofaasidagi Dragan Stoykovichning ham ishlari joyida — uch markaziy himoyachidan iborat sxemada bolqonliklar yaxshiroq koʻrinadi va kamdan kam oʻyinlarda gol oʻtkazishadi.

Serbiya jahon chempionatida koʻpchilikni hayron qoldirishi mumkin. Guruh uchun qur'a va pley-off yoʻli serblar chorakfinaldan umid qilishiga ham imkon beradi.

Shveytsariya
Toʻrt yil muqaddam Granit Chaka va Jerdan Shaqiriy Serbiya darvozasiga ikkita fenomenal gollar urishgan va shveytsarlar bu jamoani guruhda quvib oʻtgandi, oʻshanda ham guruhda Braziliya bor edi va kutilganidek birinchi oʻrinni olgandi. Hozir ham vaziyat shunga oʻxshash, Shveytsariya yana Serbiya bilan ikkinchi oʻrin uchun kurashadi. Ammo Chaka yuqori sport formasida va «Arsenal» bilan APLda etakchilik qilayotgan boʻlsa, Shaqiriy oktyabrdan buyon oʻynamagan — uning klubi «Chikago Fayr» MLSdagi soʻnggi oʻyinni bir oy oldin oʻtkazgan.

Shveytsariyani sobiq futbolchisi Murat Yaqin boshqarmoqda. U va darvozabon Yan Zommer — Shveytsariya saralash turnirida Italiyani ortda qoldirishi uchun asosiy sababchilar. Alp jamoasi yana bir grandni shokka sola oladimi?

Kamerun
Afrika vakillari qiyin guruhga tushib qoldi va guruhning yaqqol autsayderi hisoblanadi. Ammo Rigober Song jamoasida tarkib yomon emas: «Inter» darvozaboni Andre Onana, «Napoli» yarimhimoyachisi Andre-Frank Zambo-Angissa va «Bavariya» hujumchisi Erik-Maksim Shupo-Moting.

Kamerunliklar jahon chempionatiga yuqori sport formasida etib kelishmadi — soʻnggi oylarda ular Oʻzbekiston va Ekvatorial Gvineyaga yutqazishdi, shunday ekan, afrikaliklar Qatarda yaxshi natijalar koʻrsatishiga ishonish qiyin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport