date

«Lester» chempionlik tantanasini 16 may sanasida o‘tkazadi

«Lester» chempionlik tantanasini 16 may sanasida o‘tkazadi

"Lester" klubi 16 may, dushanba kuni chempionlik tantanasini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Angliya chempionati doirasida "Chelsi"ga qarshi kechadigan so‘nggi tur bahsining ertasiga chempionlik namoyishi o‘tkaziladi. Bu haqda "Uff.uz" xabar bermoqda.

Klaudio Raneri jamoasi usti ochiq avtobusda shahar bo‘ylab aylanadi va so‘ngra "Viktoriya" hiyobonidagi sahnada yig‘iladi. APL sovrini shu erda muxlislarga namoyish etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Angliya chempionati sovrini Premer liganing 37 turi doirasida "Everton"ga qarshi o‘tkaziladigan uchrashuvdan so‘ng "Lester"ga taqdim etiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «Lester» chempionlik tantanasini 16 may sanasida o‘tkazadi