Foto: Getty Images
«Halifa» stadionidagi o‘yinda Sautgeyt shogirdlari Karlush Keyrush jamoasini ayab o‘tirmadi. Bellingem hisobni ochgan bo‘lsa, Saka dublga erishdi. Sterling va zaxiradan maydonga tushgan Reshford va Grilish esa o‘z hisoblariga bittadan gol yozib qo‘yishdi. Eronliklardan Toremiy 65 va 90+12-daqiqada gol muallifiga aylandi – 6:2.
Qayd etish joiz, to‘xtalishlar uchun 1-bo‘limga 14 daqiqa, 2-bo‘limga esa 10 daqiqa qo‘shilib, o‘yin jami 114 daqiqa davom etdi.
Shu tariqa, Angliya dastlabki o‘yindan keyin B guruhida peshqadam bo‘lib oldi. Guruhdagi ikkinchi uchrashuv bugun AQSH va Uels o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. O‘yin soat 23:59da boshlanadi.
JCH-2022. 1-tur. V guruhi.
Angliya – Eron 6:2
Gollar: 1:0 – 35 Bellingem, 2:0 – 43 Saka, 3:0 – 45 Sterling, 4:0 – 62 Saka, 4:1 – 65 Toremiy, 5:1 – 71 Reshford, 6:1 – Grilish 90, 6:2 – 90+12 Toremiy.
Angliya – Pikford, Tripper, Maguayr (Dayer, 70), Stounz, Shou, Rays, Maunt (Foden, 71), Saka (Reshford, 71), Bellingem, Keyn (Uilson, 76), Sterling (Grilish, 71).
Eron – Beyranvand (Huseyni, 19), Muharramiy, Puraliganjiy, Chashmiy (Kananizodagon, 46), Husseyni, Muhammadiy (Turobiy, 63), Jahonbaxsh (Gulizoda, 46), Xojsafiy, Karimiy (Izzatullohiy, 46), Nurollohiy (Ozmun, 77), Toremiy.
Ogohlantirishlar: Jahonbaxsh (25), Puraliganjiy (48).
JCH-2022, Eron, Angliya, Futbol “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?