O‘zbekistonlik grossmeysterlar Isroilda bo‘lib o‘tayotgan shaxmat bo‘yicha FIDE jamoalar o‘rtasidagi jahon chempionatida muddatidan oldin keyingi bosqichga yo‘l olishdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasidan xalqaro grossmeysterlar Nodirbek Yakkubboyev, Javohir Sindarov, Shamsiddin Vohidov, Jahongir Vohidovlardan iborat kvartet bilan B guruhida saralash raundlarini o‘tkazmoqda.
Kecha, musobaqada 3 va 4-tur bahslari o‘tkazildi.
Barcha turlarda qayd etilgan natijalar:
1-tur: O‘zbekiston 1.5 — 2.5 Ozarbayjon.
2-tur: O‘zbekiston 2.5 — 1.5 Isroil.
3-tur: O‘zbekiston 2.5 — 1.5 AQSH.
4-tur: O‘zbekiston 3.5 — 0.5 Hindiston.
4-tur yakuniga ko‘ra 6 ochko jamg‘argan jamoa “B” guruhda yetakchiga aylandi va muddatidan oldin keyingi bosqich masalasini hal qildi.
Endi ular 5-turda Polsha jamoasiga qarshi dona surishadi.
Ma’lumot uchun, 5 ta tur yakuniga ko‘ra, “A” va “B” guruhda eng yaxshi natija qayd etgan 4 tadan jamoa chorak final bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin