
JCH-2022 1-turidan o‘rin olgan Ispaniya - Kosta-Rika bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda "qizil furiya" yirik 7:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Uchrashuvning 11-daqiqasida Dani Olmo ispanlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 21-daqiqada Marko Asensio jamoasining hujumini gol bilan yakunladi.
31-daqiqada Ferran Torres penaltidan unumli foydalanib, hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Ikkinchi bo‘lim boshida Torres dublni rasmiylashtirdi.
74-daqiqada Gavi jamoasining tezkor kombinatsiyasini chiroyli gol bilan yakunladi. Asosiy vaqt so‘ngida Karlos Soler o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, qo‘shib berilgan vaqtda Alvaro Morata yakuniy hisobni o‘rnatdi — 7:0.
Quyida mazkur o‘yinning videosharhini tomosha qiling.
JCH-2022Ispaniya Kosta-RikaDani OlmoFerran TorresGaviAlvaro Morata O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar