
Futbol bo‘yicha JCH—2022 1-turida Belgiya va Kanada terma jamoalari 23 noyabr, chorshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.
Uchrashuv kanadaliklarning qator hujumlari bilan boshlandi. 10-daqiqada Shimoliy Amerika vakillari oldinga o‘tib olishi mumkin edi, biroq Alfonso Devisning penaltidan yo‘llagan zarbasini Tibo Kurtua qaytarishga erishdi.
Birinchi bo‘limda kanadaliklarda yana bir nechta golli vaziyat bo‘ldi, biroq jamoa ulardan foydalana olmadi. Tanaffus arafasida Mishi Batshuayi Belgiyani oldinga olib chiqqan gol muallifiga aylandi.
Ikkinchi bo‘limda hisob o‘zgarishsiz qoldi va Belgiya birinchi turdan keyin guruh peshqadamligini qo‘lga oldi.
Guruhning dastlabki bahsida Xorvatiya va Marokash jamoalari 0:0 hisobidagi durangni qayd etdi.
Belgiya — Kanada 1:0
Gol: 1:0 – 44 Batshuayi.
Belgiya: Kurtua, Kastan, Vertongen, Alderveyreld, Dendonker, Karrasko (Mene, 46), Vitsel, de Bryuyne, Tilemans (Onana, 46), Eden Azar (Trossard, 62), Batshuayi (Openda, 78).
Kanada: Boryan, Lareyya (Adekugbe, 74), Vitoriya, Miller, Jonston, Hatchinson (Kone, 58), Eushtakiu (Osorio, 81), Hoylett (Larin, 58), Devid, Byukenen (Millar, 81), Devis.
Ogohlantirishlar: Karrasko (9), Mene (53), Onana (56), Devis (81), Jonston (83).
JCH 2022Belgiya KanadaFutbol UchrashuviGollar MuallifiGuruh PeshqadamiIkkinchi Bo‘lim O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar