
"Roma" hujumchisi Eldor Shomurodov yanvar oyidagi transfer oynasi oldidan Italiya klublari orasida talabga ega bo‘lmoqda.
O‘zbekistonlik hujumchiga so‘nggi bir necha haftalarda turli klublar qiziqish bildirmoqda, sababi u muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun yanvar oyida "Roma"ni tark etmoqchi.
"Sampdoriya" "Jenoa" sobiq hujumchisi uchun kurashga qo‘shildi. Bu haqda "Corriere dello Sport" xabar bermoqda.
"Roma" Shomurodovni faqatgina to‘liq sotish bo‘yicha takliflarni eshitmoqchi.
Ammo Italiya nashrining xabariga ko‘ra, poytaxt klubi "Sampdoriya"ning sotib olish majburiyati bilan beradigan ijara taklifini ham qabul qilishi mumkin.
Eldor ShomurodovRoma HujumchisiItaliya KlublariTransfer OynasiO‘zbekistonlik HujumchiSampdoriya Jenoa O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar