00:00 / 25.11.2022
1 360

JCh—2022. Portugaliya 5 ta gol urilgan oʻyinda Ganani qiyinchilik bilan magʻlub etdi (video)

JCh—2022. Portugaliya 5 ta gol urilgan oʻyinda Ganani qiyinchilik bilan magʻlub etdi (video)
Jahon chempionatining 1-turidan oʻrin olgan Portugaliya va Gana terma jamoalari oʻrtasidagi oʻyin nihoyasiga etdi. Mazkur bellashuvda Santush shogirdlari 3:2 hisobida gʻalaba qozondi.

Oʻyinning 64-daqiqasida Krishtianu Ronaldu penaltidan goli urib, hisobni ochdi. Oradan 9 daqiqa oʻtib, Andre Ayyu muvozanatni tikladi. Keyin tezkorlik bilan portugallar ikkita gol bilan javob berdi: Felish va Leau oʻz nomini tabloga yozdirib qoʻydi. Uyinning soʻnggi daqiqalarida Bukari oʻzining goli bilan hisobni qisqartirdi.

Portugaliya – Gana 3:2
Gol
: 1:0 – 65, penalti Ronaldu, 1:1 – 73 Ayyu, 2:1 – 78 Joau Feliks, 3:1 – 80 Rafael Leau, 3:2 – 89 Bukari.
Portugaliya – Diogu Koshta, Joau Kanselu, Danilu Pereyra, Ruben Diash, Gerreyru, Otavio (Vilyam Karvalyu, 56), Bernardu Silva (Palinya, 88), Ruben Nevesh (Rafael Leau, 77), Brunu Fernandesh, Ronaldu (Gonsalu Ramush, 88), Joau Feliks (Joau Mariu, 88).
Gana – Ati-Zidji, Seydu (Lempti, 66), Djiku (Semeno, 90), Amarti, Salisu, Baba, Parti, Kudus (Bukari, 77), Abdul-Samed (Kere, 90), Ayyu (Ayyu, 77), Uilyams.

Ogohlantirishlar: Kudus (45), Ayyu (49), Seydu (57), Uilyams (90), Danilu Pereyra (90), Brunu Fernandesh (90).
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport