
Argentina milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Meksikaga qarshi bellashuv oldidan Messining holati haqida fikr bildirdi.
"Kecha Leo mashg‘ulot o‘tkazmagani haqidagi ma’lumot qayerdan kelganini bilmayman. U bilan barchasi joyida. Jamoaning barcha a’zosi bizga har qachongidan ham ko‘proq kerak.
Albatta, biz hammasi yaxshi bo‘lishiga shubha qilmaymiz. Messi ham ruhan, ham jismonan yaxshi, u bilan hech qanday muammo yo‘q", - dedi Skaloni.
U shuningdek, Leoning Argentina MTJdagi yosh futbolchilarga ta’siri haqida gapirdi: "Jahon chempionati debyutidagi hayajon normal holat. Ayniqsa, siz Argentina kabi boshqalardan farq qiladigan jamoa vakili bo‘lsangiz. Bu haqiqat!
Messi barcha bilan yaxshi munosabatda. Hammamiz bizni oldinda muhim bahs kutib turganini bilamiz. Ammo vaziyat o‘z qo‘limizda".
Eslatib o‘tamiz, "albiseleste" ilk turda Saudiya Arabistoniga imkoniyatni boy bergandi.
ArgentinaLionel MessiMeksika O‘yiniBosh MurabbiyJahon ChempionatiYosh Futbolchilar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar