1 206
JCH—2022. Xorvatiya 5 ta gol urilgan o‘yinda Kanada ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi
Futbol bo‘yicha JCH—2022 2-turida Xorvatiya va Kanada terma jamoalari 27 noyabr, yakshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.
Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridayoq kanadaliklar Alfonso Devisning golidan keyin oldinga o‘tib oldi. Bunga Xorvatiya tanaffusga qadar Andrey Kramarich va Marko Livayaning gollari bilan javob qaytardi.
70-daqiqada Kramarich dublni rasmiylashtirdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Lovro Mayer yakuniy hisobni o‘rnatdi — 4:1.
Xorvatiya ochkolarini 4 taga yetkazib oldi va Marokash (4) bilan birga peshqadamlik qilmoqda. Belgiya 3 ochkoga ega, Kanada esa 1 ochko bilan so‘nggi o‘rinda qolmoqda.
Shu tariqa Kanada terma jamoasi pley-offga chiqish imkoniyatini boy berdi.
JCH—2022
2-tur bahsi
Xorvatiya — Kanada 4:1
Gollar: 0:1 – 2 Devis, 1:1 – 36 Kramarich, 2:1 – 44 Livaya, 3:1 – 70 Kramarich , 4:1 – 90+4 Mayer.
Xorvatiya: Livakovich, Yuranovich, Lovren, Gvardiol, Sosa, Modrich (Pashalich, 86), Kovachich (Mayer, 86), Brozovich, Perishich (Orshich, 86), Kramarich (Vlashich, 73), Livaya (Petkovich, 60).
Kanada: Boryan, Jonston, Vitoriya, Miller, Lareyya (Hoylett, 62), Hatchinson (Adekugbe, 73), Eushtakiu (Kone, 46), Byukenen, Larin (Osorio, 46), Devid (Kavallini, 72), Devis.
Ogohlantirishlar: Byukenen (52), Lovren (56), Modrich (85), Miller (85). “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi