“Neftchi”ga bosh murabbiy etib tayinlangan Vitaliy Levchenko o‘tgan vaqt davomida o‘zidan yaxshi taassurot qoldirdi. U chindan ham yaxshi saviyadagi mutaxassis ekanini ko‘rsata oldi. “Neftchi”ga mavsum yarmida kelishiga qaramasdan farg‘onaliklarga ishonch baxsh eta oldi.
Xorijlik murabbiy kelasi yildan endi o‘zi tarkib tuzadi va bu ishni allaqachon boshlab yuborgan. Negaki, Vitaliy Grigorevich hozir ta’til bo‘lishiga qaramay, Farg‘onadan ketmagan holda yangi mavsum uchun rejalar tuzish harakatida.
Bundan tashqari, Levchenkoni o‘z jamoasida ko‘rishni istayotgan boshqa klublar ham bor. Qolganini Sports.uz muxbiriga bergan intervyusida o‘qishingiz mumkin.
- Vitaliy Grigorevich, mavsumdan ko‘nglingiz to‘ldimi yoki aksinchami?
- Har tomonlama olib qaraganda mavsum biz uchun juda og‘ir o‘tdi. Ayniqsa, birinchi davrada ko‘plab ochkolarni olishimiz mumkin edi. Biroq bunday bo‘lmadi. Shuning evaziga 13-o‘rinda qolib ketdik. Ikkinchi davrani bo‘lsa ancha ko‘tarinki ruhda o‘tkazdik. Eng muhimi, “Neftchi”ning Superligadagi o‘rnini saqlab qolish yuzasidan qo‘yilgan vazifani bajara oldik. To‘g‘ri, vazifa uddalandi. Lekin oldinda qilinadigan ishlarimiz juda ko‘p. Garchi yangi mavsum boshlanishiga hali ancha bor bo‘lsa-da, hozirdan tayyorgarlik rejasini tuzishimiz kerak.
- Eshitishimcha, bir qancha takliflar olibsiz. Jumladan, Qozog‘iston klublari xizmatingizga qiziqish bildiribdi...
- Bu xususida bir narsa deyishim amrimahol. Ha, xizmatimga takliflar yo‘q emas. Ammo amaldagi klubim bilan hamkorlikni davom ettirish yuzasidan muzokaralar boshlab yuborilgan. Shu bois mazkur masalada viloyat rahbari bilan gaplashishga ham ulgurdim.
- Nurillio To‘xtasinov “Neftchi”ning yangi o‘yinchisi-a?
- Ha, shunday.
- Uni klubga kim taklif qildi? Sizmi yoki boshqasimi?
- To‘xtasinovni men chaqirganman. Hammasini gaplashib, kelishdik va shartnoma imzolandi.
- Yana ko‘z ostingizga olib qo‘ygan o‘yinchilar bormi?
- Mana shunday o‘yinchilar yo‘q emas. Ular bilan muzokaralar olib boryapmiz. Hali shartnomalar imzolanmagani uchun savolingizga batafsil javob bera olmayman.
- Exsoni Panshanbe sizning short-listingizda bormi?
- Ha, bor. Lekin hammasi birinchi navbatda bevosita uning o‘ziga bog‘liq. Biz o‘z taklifimizni bildirdik. Bunga rozilik berish yoki rad etish endi ularning ishi.
- Shartnomasi tugab “Neftchi”dan ketgan futbolchilar ham mavjudmi?
- Quttiboyev, Stanoyevich va Konyuxovni qo‘yib yubordik. Qolgan futbolchilar hozircha shu yerda, klubda.
- Yangi mavsum uchun klub oldiga qanday vazifa qo‘yilishi mumkin?
- Hozir bir narsa deyishim mushkul. Yuqorida aytganimdek, hali oldinda qilinadigan ishlar juda ko‘p. Agar tarkibni kutilgan darajada shakllantira oladigan bo‘lsak, tabiiyki, vazifa ham shunga monand ravishda qo‘yilishi tayin.
Shuhratbek Jo‘rayev.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi