
Futbol bo‘yicha JCH—2022 2-turida Portugaliya va Urugvay terma jamoalari 28 noyabr, dushanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida jamoalar ehtiyotkor harakat qildi va hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limda esa har ikkala jamoa ham ochko kerakligini his qilgan holda hujumkorlikni oshirdi. 54-daqiqada Brunu Fernandesh jarima maydoni ichiga to‘pni uzatdi, Ronaldu esa havoda to‘pni raqib darvozasi tomon kiritib yubordi. Ammo keyinchalik ma’lum bo‘ldiki, Ronaldu to‘pga tegmagan va ushbu gol Brunu hisobiga yozildi.
90+3-daqiqada Brunu penaltini aniq amalga oshirdi va hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi.
Portugaliya ochkolari sonini 6 taga yetkazdi va pley-off masalasini hal qildi. Urugvay so‘nggi turda Gana bilan keyingi bosqich masalasini hal qilish uchun maydonga tushadi. Albatta, 1 ochkoga ega Janubiy Koreya ham hamon kurashda.
H guruhining ikkinchi o‘yinida Gana Janubiy Koreya ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
JCH—2022
2-tur bahsi
Portugaliya — Urugvay 2:0
Gollar: 1:0 – 54 Brunu Fernandesh, 2:0 – 90 Brunu Fernandesh (penalti).
Portugaliya: Diogu Koshta, Joau Kanselu, Pepe, Ruben Diash, Mendesh (Gerreyru, 42), Bernardu Silva, Vilyam Karvalyu (Palinya, 83), Brunu Fernandesh, Ruben Nevesh (Rafael Leau, 69), Ronaldu (Gonsalu Ramush, 82), Joau Feliks (Mateush Nunesh, 82).
Urugvay: Rochet, Varela, Godin (Pelistri, 62), Koates, Ximenes, Olivera (Vinya, 86), Vesino (de Arraskaeta, 62), Bentankur, Valverde, Kavani (Suares, 73), Nunes (Maksi Gomes, 72).
Ogohlantirishlar: Bentankur (6), Ruben Nevesh (38), Olivera (44), Joau Feliks (77), Ruben Diash (89).
JCH 2022Portugaliya UrugvayBrunu FernandeshFutbol O‘yiniPenaltini O‘tkazdiGana Janubiy Koreya O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar