07:23 / 30.11.2022
1 419

"IBA Pro Series" musobaqasi ilk oqshomida Bahodir Jalolov ishtirok etadi

"IBA Pro Series" musobaqasi ilk oqshomida Bahodir Jalolov ishtirok etadi
Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) professional va havaskor boksni birlashtirgan holda yangi musobaqalar seriyasi - "IBA Pro Series"ni tashkil etish arafasida turibdi.

Ushbu seriyada shartnomaga ko‘ra, professional bokschilar ham ishtirok etishlari mumkin. Jang kechalarida ishtirok etish orqali bokschilar reyting ochkolarini jamg‘arib boradi.

"IBA Pro Series"ning ilk ko‘rgazmali kechasi 11 dekabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi shahrida, Global boks forumi doirasida "Chempionlar oqshomi" nomi bilan tashkil etiladi.

Unda Olimpiada va jahon chempioni Bahodir Jalolov Bahrayn davlatidan ilk Olimpiada ishtirokchisi bo‘lgan Danis Latipovga qarshi jang o‘tkazadi.

Shuningdek, ikki karra jahon chempioni, Olimpiya o‘yinlari kumush medali sovrindori, fransiyalik Sofian Umiya Yevropa o‘yinlari sovrindori armanistonlik Karen Tonakanyanga qarshi bahs olib boradi.

Ushbu oqshomda jami 11 ta jang bo‘lib, erkaklar 3 daqiqadan 5 raund, ayollar 2 daqiqadan 5 raund jang qiladi. 2023 yildan boshlab esa, bahslar 7x3 va 7x2 formatida bo‘lishi rejalashtirilgan.

Erkaklarda 13 ta vazn, ayollarda 12 ta vazn toifasi bo‘yicha janglar tashkil etiladi va bokschilar reyting ochkolarini jamg‘arib boradilar.

Ushbu seriya bo‘yicha yanada ko‘proq ma’lumotlar tez orada IBA tomonidan e’lon qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "IBA Pro Series" musobaqasi ilk oqshomida Bahodir Jalolov ishtirok etadi