02:06 / 01.12.2022
1 952

Qanday jirkanchlik. Yana bu odamlar bag‘rikenglik haqida gapirishadi-ya!

Qanday jirkanchlik. Yana bu odamlar bag‘rikenglik haqida gapirishadi-ya!
Muxlislar amerikalik futbolchining jahon chempionatidagi qo‘polligidan g‘azablanishdi.

JCH-2022 guruh bosqichining 2-turida Angliyaga qarshi o‘yinda amerikalik yarim himoyachi Ueston Makkenining xatti-harakati muxlislarni g‘azablantirdi.

38-daqiqada futbolchi to‘pni maydon tashqarisidan kiritishga majbur bo‘ldi. Buning oldidan u reklama taxtasi ortida o‘tirgan keksa fotomuxbirga yaqinlashdi va qo‘llarini uning ko‘ylagiga artdi.

Muxlislar ijtimoiy tarmoqlarda Makkennining qilmishidan noroziligini bildirishdi.

Bu insonga nisbatan hurmatsizlikdir. Nega u qo‘llarini o‘zining futbolka yoki shortisiga artmadi?"

«Qanday jirkanchlik. Bu odamlar esa bag‘rikenglik haqida gapirishmoqda».

«Tasavvur qiling, agar Saudiya Arabistoni yoki qatarlik futbolchi shunday qilsa nima bo‘lardi! Inson huquqlari, One Love va boshqalar... Faqat ikkiyuzlamachilik».

«Hurmatsizlik va qo‘pollik, bu meni g‘azablantirdi».

«Yana ular boshqalarga inson huquqlari, farovonlik va taraqqiyot haqida va’z o‘qishadi», degan mulohazalar yozilgan izohlarga to‘lib ketdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qanday jirkanchlik. Yana bu odamlar bag‘rikenglik haqida gapirishadi-ya!