date

Krishtianu Ronaldu – qatorasiga uchinchi yil dunyoning eng serdaromad futbolchisi

Krishtianu Ronaldu – qatorasiga uchinchi yil dunyoning eng serdaromad futbolchisi

“Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu qatorasiga uchinchi yil dunyoning eng serdaromad futbolchisi bo‘ldi. Bu haqida mashhur Forbes jurnali ma’lum qildi. Bu haqda "Uff.uz" xabar berdi.

2015 yilda portugaliyalik futbolchining jami daromadi 82 mln dollarni tashkil qildi. Shulardan 53 millioni “Real” bilan shartnomasidan, qolgan 29 millioni homiylik shartnomalaridan kelib tushgan. Uning daromadi 2014 yilga nisbatan 3 mln dollarga oshdi.

Ikkinchi o‘rindan “Barselona” hujumchisi Lionel Messi joy oldi. Uning yillik daromadi 77 mln dollarga teng. Kuchli uchlikka “PSJ” hujumchisi Zlatan Ibrahimovich 37 mln dollar bilan yakun yasadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Krishtianu Ronaldu – qatorasiga uchinchi yil dunyoning eng serdaromad futbolchisi