
"Barselona"ning sobiq bosh murabbiyi Ronald Kuman Qatardagi jahon chempionati guruh bosqichi yakunlanganidan so‘ng, mundialning asosiy favoriti sifatida qaysi jamoalarni ko‘rishini aytdi.
“Men uchun turnirning asosiy favoritlari Braziliya va Fransiya hisoblanadi. Bu ikki jamoa juda kuchli. Albatta, Angliya, Ispaniya, Argentina va Niderlandiya kabi boshqa yaxshi jamoalar ham bor. Lekin, mening fikrimcha, Braziliya va Fransiya qolganlaridan biroz ustunroq", - deya niderlandiyalik mutaxassisning so‘zlarini keltirdi "Marca".
Fransiya terma jamoasi amaldagi jahon chempioni hisoblanadi. Pley-offning birinchi bosqichida “uch ranglilar” Polsha bilan kuch sinashadi. Braziliya esa OFK vakili Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib boradi.
BarselonaRonald KumanJahon ChempionatiAsosiy FavoritlarBraziliya FransiyaTerma Jamoa O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar