Joriy mavsumda “Roma” hujumchilarining ishi yurishmayapti. Ayniqsa, Temmi Abraxamga qiyin bo‘lyapti.
Italiyadagi debyut mavsumida 53 ta uchrashuvda 27 ta gol urgan angliyalik hujumchi bu gal raqib darvozasiga yo‘l topishga qiynalmoqda. Uning ko‘rsatkichlari Joze Mourinoda ham e’tiroz uyg‘ota boshladi.
Temmi Abraxam o‘yinida pasayish yuzaga kelgani boisidan Qatardagi jahon chempionatini ham o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi. Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt 25 yoshli hujumchini mundialga taklif qilgani yo‘q.
Bu ketishda Temmi Abraxam “Roma” asosiy tarkibidagi joyini yo‘qotib qo‘yishga yaqin turibdi. Joze Mourino yangi yildan bir hujumchili taktikaga o‘tishini ma’lum qildi. O‘tgan mavsumda markaziy hujumchi vazifasini Temmi bajargan bo‘lsa, endi bu imkoniyat Andrea Belottiga beriladi.
Vaziyatni inobatga olib, Abraxam Angliyaga qaytib ketish istagini bildirmoqda. Bu futbolchini tarbiyalagan “Chelsi”da uni 2023 yilning yozida 80 million yevroga transfer qilish huquqi bor. Lekin “aristokratlar” Abraxamning hozirgi ahvoliga buncha pul sarflamaydi.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, bu forvardga “Aston Villa” asosiy da’vogar hisoblanadi. Shuningdek, “Arsenal” ham Abraxamni olishi mumkinligi aytilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi