
Avvalroq, portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonining "Al-Nassr" jamoasiga o‘tishga yaqin ekanligi haqida xabarlar tarqaldi.
Bilasiz, ushbu jamoasi safida o‘zbekistonlik futbolchi Jaloliddin Masharipov harakat qiladi. SPORTS.uz sayti jurnalisti u bilan bog‘lanib mazkur transferga klubdagilar qanday munosabatdaligi va agar Ronaldu kelsa o‘z raqamini berishga roziligi haqida so‘radi.
"Bu haqidagi xabarlarni o‘zimiz ham o‘qib boryapmiz. Agar Ronaldu keladigan bo‘lsa, Saudiya futbolida oldinga tashlangan qadam bo‘ladi. Hammani nigohi Saudiya chempionatiga qaratiladi.
Uning transferidan menimcha, jamoadagi hamma xursand bo‘ladi. U jahonning eng yaxshi futbolchilaridan biri. Krishtianudan mashg‘ulotlarda ko‘p narsa o‘rganish mumkin. Kelaversin, unga ham O‘zbekistonni tanitamiz.
7-raqamni beramanmi? Albatta, axir oddiy futbolchi kelmayapti. U 5 karra "Oltin to‘p" sohibi", - dedi futbolchi.
Krishtianu RonalduJaloliddin MasharipovAl-NassrSaudiya ArabistoniO‘zbekiston futboliTransfer xabarlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar