
Futbol bo‘yicha JCH—2022 nimchorak final bahsida Ispaniya terma jamoasi 6 dekabr, seshanba kuni Marokashga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuvning asosiy bo‘limlarida darvozalar ishg‘ol etilmadi. Jamoalar qo‘shimcha bo‘limlarga yo‘l oldi. Qolgan 30 daqiqada ham darvozalar daxlsizligi saqlanib qolgandan so‘ng, penaltilar seriyasiga navbat berildi. Penaltilar seriyasida esa Marokash 3:0 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa Marokash chorak finalga yo‘l oldi va u yerda Portugaliya — Shveysariya uchrashuvi g‘olibi bilan o‘ynaydi.
JCH—2022
1/8 final bahsi
Marokash — Ispaniya 0:0
Penaltilar seriyasi — 3:0
Marokash: Bunu, Hakimi, Saiss, Agerd (El-Yamik, 84), Mazraui (Attiyyat-alla, 82), Amrabat, Amalla (Sheddira, 82), Unai (Banun, 120), Ziyosh, Bufal (Ez Abde, 66), En-Nesiri (Sabiri, 82).
Ispaniya: Unai Simon, Laport, Rodri, Alba (Balde, 98), Buskets, Pedri, Gavi (Soler, 63), Lorente, Olmo (Fati, 98), Asensio (Morata, 63), Ferran Torres (Uilyams, 75, Sarabiya, 118).
Ogohlantirishlar: Laport (76), Saiss (90).
FutbolJCH 2022Marokash IspaniyaPenaltilar SeriyasiChorak FinalTerma Jamoa O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar