02:12 / 09.12.2022
2 529

Butun dunyo jahon chempionatida u eng zo‘ri ekanligini ko‘rdi

Butun dunyo jahon chempionatida u eng zo‘ri ekanligini ko‘rdi
Marokash jamoasida ajoyib o‘yinlar ko‘rsatayotgan Sofyan Amrabatni “Liverpul” va “Tottenxem” klublari o‘z tarkibiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda, deya xabar bermoqda “90 MIN” nashri.

Manbaning ta’kidlashicha, “Tottenxem” uzoq vaqtdan buyon yarim himoyachini kuzatib kelmoqda. “Shporlar” o‘tgan mavsumda Bentankurni ijaraga olmaganida, uning o‘rniga Amrabatni olib kelishi mumkin edi.

“Liverpul” ham yarim himoyani kuchaytirishni istaydi. Ammo ma’lum bo‘lishicha,“Feorintina” futbolchini qishda qo‘yib yubormoqchi emas. U Italiya klubiga 2020 yilda kelib qo‘shilgan va uning amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha amal qiladi.

Amrabatni boshqa klubga o‘tishi mumkinligini uning agenti ham tasdiqladi.

Albatta, menga juda ko‘p qo‘ng‘iroqlar bo‘lmoqda. Butun dunyo jahon chempionatida u eng yaxshi yarim himoyachi ekanligini ko‘rdi”, - dedi Muhammad Sinuh.

Marokash jamoasini chorak finalda Portugaliyaga qarshi uchrashuv kutmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Butun dunyo jahon chempionatida u eng zo‘ri ekanligini ko‘rdi