11:34 / 10.12.2022
1 240

Argentina darvozaboni: "Jahon chempionatidagi eng yomon hakam — bu Laos"

Argentina darvozaboni: "Jahon chempionatidagi eng yomon hakam — bu Laos"
Argentina terma jamoasi darvozaboni Emiliano Martines JCH-2022 1/4 finali doirasidagi Niderlandiya ustidan qozonilgan g‘alaba (2:2, penaltilar bo‘yicha - 4:3) haqida fikr bildirdi.

"Men ortimizda turgan 45 million odam uchun harakat qildim, mamlakatda ahvol yaxshi emas edi va ularga quvonch ulashish juda yoqimli. Hakam nima deganini bilmayman, lekin durang bo‘lishini xohlagani uchun o‘n daqiqa qo‘shib berdi. Jahon chempionatidagi eng yomon hakam — bu Laos. Uning qilgan ishiga hech kim tushunmadi. Baxtimizga men ikkita seyv qildim va bu bizni mag‘lubiyatdan saqlab qoldi", - deydi Martines.

Argentina endi yarim finalda Xorvatiyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 13 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Argentina darvozaboni: "Jahon chempionatidagi eng yomon hakam — bu Laos"