1 624
Bor-yo‘g‘i 3 ta so‘z: Luka Modrich Xorvatiya sensatsion ravishda Braziliyani mag‘lub etgach, "tvit" qoldirdi
Xabaringiz bor, JCH-2022 chorak finalida Xorvatiya Braziliya termasi bilan kuch sinashdi.
Xorvatiya penaltilar seriyasida g‘alaba qozonib, Braziliyani uyiga jo‘natib yubordi. 37 yoshli Luka Modrich esa o‘sha seriyada Alisson darvozasini ishg‘ol qilganlardan biri bo‘ldi.
Xorvatlar uchun o‘yin maksimal ravishda qiyin kechdi – darvozabon Dominik Livakovich 9 ta seyv amalga oshirdi, qo‘shimcha bo‘limlarda esa u ham yordam berolmadi – Neymar ajoyib harakatlarini gol bilan yakunladi.
Biroq bahs tugashiga 4 daqiqa qolganida Bruno Petkovich hisobni tenglashtiri va masalani hal qilish penaltilar seriyasiga qoldi.
Bellashuvdan so‘ng Modrich "Tvitter"da qisqa izoh bilan rasm qoldirdi. Shu "tvit"ning o‘ziyoq Luka mentalitetini bilish uchun yetarlidek:
Hech qachon. Taslim bo‘lma.
Bu xorvatning o‘ziga xos shioriga aylanib qolgan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. "Real"ning "Chelsi"ga qarshi Chempionlar Ligasi-21/22dagi aqlbovar qilmas kambekidan keyin ham Luka deyarli shunaqa so‘zlarni yozgandi:
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi