22:17 / 10.12.2022
1 599

Bahodir Jalolov Abu-Dabiga jo‘nab ketdi (foto)

Bahodir Jalolov Abu-Dabiga jo‘nab ketdi (foto)
Havaskorlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida bitta jang o‘tkazgan Bahodir Jalolov BAA poytaxti Abu-Dabi shahriga jo‘nab ketdi.

Bahodir bilan birga O‘zbekiston havaskor boks federatsiyasi bosh kotibi Mirshohid Tillaboyev, havaskor boks bo‘yicha terma jamoamiz bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev, professional boks menejeri va supervayzeri Baxtiyor Mahkamov, ushbu turnirda ringga chiqadigan yana bir bokschimiz Saidjamshid Jafarovning murabbiyi Hamza Avezov ham Amirliklarga yo‘l olgan.

Professional boksda mag‘lubiyatsiz odimlayotgan charm qo‘lqop ustamiz IBA Pro Series turnirida ishtirok etadi. Bokschimiz ertaga, 11 dekabr kuni asli kelib chiqishi rossiyalik, hozirda Bahrayn sharafini himoya qilayotgan Danis Latipov (1-0)ga qarshi jang ringga ko‘tariladi.

Bahodir Jalolov - Danis Latipov jangi 5 raund etib belgilangan va 5 nafar hakam tomonidan baholanadi. Bokschilar 2020 yilning mart oyida Ammanda o‘tkazilgan litsenzion turnirda o‘zaro to‘qnash kelishgan va o‘shanda Bahodir ochkolar evaziga g‘olib chiqqandi.

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov 27 noyabr kuni AQSHda mezbon Kyortis Xarperga qarshi ringga ko‘tarilgan va raqibini 4-raundda nokautga uchratgandi.

Manba: olamsport.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bahodir Jalolov Abu-Dabiga jo‘nab ketdi (foto)