JCH—2022. Yarim final juftliklari bilan tanishing

JCH—2022. Yarim final juftliklari bilan tanishing
Foto: FIFA
Futbol bo‘yicha JCH—2022 chorak finali doirasidagi ikki o‘yin 10 dekabr, shanba kuni bo‘lib o‘tdi va barcha yarim finalchilar aniqlandi.

Shanba oqshomida Marokash terma jamoasi Portugaliyani mag‘lub etgan bo‘lsa (1:0), Fransiya termasi Angliyani musobaqadan chiqarib yubordi (2:1). Avvalroq Argentina Niderlandiyani yutgan, Xorvatiya esa Braziliyadan ustun kelgandi.

Shu tariqa ikkita yarim final juftligi ma’lum bo‘ldi.

JCH—2022
Yarim final bahslari


13 dekabr, seshanba
Argentina — Xorvatiya 00:00


14 dekabr, chorshanba
Marokash — Fransiya 00:00


Musobaqaning final o‘yini 18 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. 17 dekabrda esa uchinchi o‘rin uchun bahs o‘tkaziladi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar