Agar Marokash – Portugaliya o‘yinining birinchi taymidagi statistikaga qarasak, noto‘g‘ri xulosa chiqarishimiz mumkin. To‘pga egalik qilish nisbati – 35ga 65, 29% harakat Marokash tomonida, 51% markazda, 20% portugallar tarafida. Portugaliya birinchi raqam bo‘lib o‘ynadi, Marokash esa o‘rta blokni yopdi va qarshi hujumlarga o‘tdi.
G‘alaba goli – hech qanday qarshi hujum emas, bu portugaliyaliklar butun taym davomida intilgan juda uzoq kombinatsiyadir.
Bu golni Krishtianu Ronaldu uslubida uchgan En Nesiri (2,53 metr!) urdi va bu yerda balki darvozabonning ham xatosi bo‘lgandir.
Ammo, hammasidan ham bu vaziyatning qanday rivojlangani qiziq. Bu sabr, chidamlilik va xotirjamlikning na’munasidir. Biz esa hujumni boshidan kuzatamiz va zavqlanamiz.
Boshlang‘ich nuqta – Feliksning ofsaydi. Xakimi erkin zarba bilan chap qanotdan sherigiga uzatma berdi – Attiyyat-allu esa 48 soniyadan so‘ng assistni ijro etdi.
Attiyyat-alla oldinga harakat qiladi va ikki portugaliyalikka duch keladi va to‘pni ortga uzatma ijro etishdan boshqa varianti bo‘lmagan Bufalga qoldiradi.
Amrabat pastroq tushadi va o‘zini taklif etadi. Pasni qabul qilib oladi va darvozabon orqali boshqa qanotga uzatadi.
Biz Marokashning qanotda 3ga 2 holda ustunligini ko‘ramiz, ammo portugaliyaliklar qayta joylashishadi va markaziy chap himoyachi El Yamik to‘pni darvozabonga qaytaradi. Amrabat shu paytda "qo‘riqchi" vazifasidan ketadi va yana o‘zini taklif qiladi.
U jarima chizig‘iga tushadi va yarim himoyachi Unaida erkin kanalni ko‘radi.
Unai Ziyesh atrofida yoyni yuzaga keltiradi va unga to‘pni oshiradi.
Xakim navbatdagi uzatmani ijro etadi (hujumdagi uchinchisi – "Man Siti" darajasi!) – u yerda Bufalning portugaliyaliklar qanot himoyachisi bilan to‘qnashuvida imkoniyatni ko‘radi. Ammo, Bufal markazga o‘tadi.
Marokashliklar eng yaxshi imkoniyatni topishda sabr qilishadi. Bufal o‘rtaga o‘tadi va ortida Attiyyat-alla qanotda bir o‘zi qolib ketganini sezadi. Va portugallarni maksimum markazga jalb qiladi.
Unai bilan devor uslubida o‘ynaydi.
Keyinchalik o‘yinni ideal uzatma berish uchun ko‘p vaqt va hududga ega bo‘lgan Attiyyat-allaning qanotiga o‘tkazadi. Shu bilan birga portugaliyaliklarning qanot himoyachisi yolg‘iz qolib ketdi – marokashliklar ikki harakat bilan qanotda 2ga 1 holatni yuzaga keltirishdi.
Shu vaqtda 188 santimetr bo‘yga ega forvard En Nesiri qanot himoyachisi Rafael Gerreyru (170sm) bilan bir o‘zi qolib ketdi. O‘sha paytda Ruben Diash qo‘lini ko‘targan holda ortida emas, oldida xavf borligini ko‘radi.
Bir necha soniyalardan so‘ng yuqori uzatma, En Nesirining sakrashi... 2,53 metrga!
Va 11 nafar xafa portugaliyaliklar.
To‘p bilan 48 soniya, 15ta pas, 9 nafar harakatdagi o‘yinchilar, qanotdan qanotga uch uzatma. Ushbu kecha nafaqat Marokash himoyani tashkil etishdagi qattiq jamoa, balki undan ham ko‘proq narsa ekanligini ko‘rsatdi.
Alisher Ostonov tarjimasi
Manba: championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...