08:57 / 16.12.2022
1 234

Superliga saviyasi va boshqa takliflarni ko‘rib chiqmagani borasida Kerim Palich bilan suhbat

Superliga saviyasi va boshqa takliflarni ko‘rib chiqmagani borasida Kerim Palich bilan suhbat
2022 yilgi mavsumda "Metallurg" safida yagona legioner Kerim Palich to‘p tepdi. Futbolchi ikkinchi davra oldidan bekobodliklar safiga kelib qo‘shildi. Xo‘sh, Palich keyingi mavsum qaysi jamoada to‘p tepadi? Buni bilish istagida futbolchi bilan bog‘landik.

- "Metallurg"da o‘tkazgan mavsumingizdan qoniqish hosil qildingizmi?
- Ha, albatta. “Metallurg”dagi faoliyatim professional xodimlar va jamoadoshlarim yordamida a’lo darajada o‘tdi. Men futbolchi sifatida oldinga qadam tashladim. Bir so‘z bilan aytganda “Metallurg”ga o‘tishim to‘g‘ri qaror qildim deb o‘ylayman.

- Qisqa vaqt ichida Superliga darajasi borasida qanday taassurotlarga ega bo‘ldingiz?
- Superliganing o‘ziga maqtov so‘zlarim bor. Mening fikrimcha, chempionat ancha yaxshi darajada. Unda sifatli jamoalar va futbolchilar bor. Yaxshi infratuzilmaga ega bo‘lgan jamoalar ko‘pchilikni tashkil etadi. Bu esa saviyani yanada oshiradi.

- Olgan ma’lumotlarimizga qaraganda, jamoa bilan shartnoma uzaytiribsiz...
- Ha, shunday. Men "Metallurg" bilan shartnomani yana bir yilga uzaytirdim. Yana shu klub libosida to‘p tepishimdan xursandman.

- O‘zbekistonda qolib, o‘ynashdan mamnunmisiz?
- Bo‘lmasam-chi! O‘zbekiston menga har tomonlama yoqdi. Odamlari, turmush tarziga ko‘nikib qolganman. Bu katta tarixga ega katta va go‘zal mamlakat hisoblanadi. Bu yerda o‘zimni yaxshi his qilyapman. Shu sabab O‘zbekistonda qolishimdan xursandman.

- Bu orada sizga takliflar bo‘ldimi?
- Takliflar ko‘p bo‘ldi. Aytaylik, O‘zbekiston chempionatidan ham, boshqa davlatlardan ham takliflar bo‘ldi. Lekin men “Metallurg”da qolishni ma’qul ko‘rdim. Bekobodliklar O‘zbekistondagi birinchi klubim ekanligini va menga Superligada o‘zimni ko‘rsatish imkoniyatini bergani sabab, boshqa taklifni rozilik bildirib keta olmasdim.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga saviyasi va boshqa takliflarni ko‘rib chiqmagani borasida Kerim Palich bilan suhbat