07:48 / 17.12.2022
1 497

Ispaniyalik darvozabon David De Xea bilan Londonda sodir bo‘lgan kulgili voqea

Ispaniyalik darvozabon David De Xea bilan Londonda sodir bo‘lgan kulgili voqea
Ispaniyalik darvozabon David De Xea 2011 yilda "Atletiko"dan "Manchester Yunayted"ga ko‘chib o‘tdi. O‘sha yili kelganiga hali ko‘p bo‘lmagan futbolchi bilan tushunmovchilik sodir bo‘lgan. Uning o‘zi bu voqeani eslab o‘tdi.

"Bir kuni do‘stim bilan tamaddi qilish uchun bir do‘konga kirdik. U yerda donut yedik va pul to‘lashga kelganda hamyonim mashinamda qolib ketganini payqadim. Keyin pul olib kelish uchun do‘kondan chiqib ketayotganimda xavfsizlik xodimi meni to‘xtatdi. Ingliz tilini bilmasdim. Unga pulim mashinada qolib ketganini tushintirishga harakat qildim, lekin u tushunmadi. Men ham uning nima deganini anglay olmadim.

Ertasi kuni barcha OAVlarda men haqimda gaplar tarqatilgandi. Dunyo bo‘ylab voqeani noto‘g‘ri talqin qilishgan. Ertalab men mashg‘ulot maydoniga bordim. Murabbiy meni oldiga chaqirdi. Qarasam u menga bir quti donut olib kelgan ekan. Bu juda kulgili edi
", - deb eslaydi futbolchi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ispaniyalik darvozabon David De Xea bilan Londonda sodir bo‘lgan kulgili voqea