
“Leypsig” himoyachichi Abdu Diallo PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronalduni o‘z jamoadoshi Lionel Messidan kuchli, deb hisoblashini ta’kidladi.
- Krishtianu Ronaldu Mbappe uchun timsolga aylanib bo‘lgan. Undan “Ronaldu kuchlimi yoki Messi?”, deb so‘rasangiz, Kilian siz bilan bir soat tortishishga tayyor. Mbappe uchun Ronaldudan zo‘ri yo‘q, - dedi Abdu Diallo.
Mbappe Portugaliya terma jamoasi Qatardagi jahon chempionatini tark etganidan keyin Ronalduni qo‘llab-quvvatlagan edi.
23 yoshli fransiyalik hujumchi 37 yoshli hamkasbini barcha zamonlarning eng zo‘r futbolchisi, deb atagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar