Marokash terma jamoasi himoyachisi Ashraf Xakimi uchinchi o‘rin uchun bahs doirasidagi Xorvatiyaga qarshi uchrashuv (1:2) haqida fikr bildirdi va Marokash termasining turnirdagi o‘yiniga yuqori baho berdi.
"Biz bu qadar uzoq yo‘lni bosib o‘tishimizni kutmagan edik, muxlislarni yetarlicha xursand qila oldik. Uchinchi o‘rinni maqsad qilgan edik, biroq ushbu natijadan ham faxrlansak arziydi. Muxlislarga so‘nggi g‘alabani taqdim eta olmadik, lekin boshimizni baland ko‘tarib ketyapmiz.
Bu nafaqat Marokash, balki bizni qo‘llab-quvvatlagan butun qit’a uchun ham sharaf edi. Biz qit’aning obro‘sini ko‘tardik. To‘rtinchi o‘rin ham tarixiy yutuq. Barcha futbolchilar mamlakatimizda ajoyib kutib olinishga haqli.
Yarim finalga chiqish oson emas. Bu yerga yetib kelolmagan ajoyib jamoalar bor. Endi biz Afrika kubogiga ushbu ishonch va kuchli motivatsiya bilan borishimiz mumkin bo‘ladi", - deya Xakimining so‘zlarini keltiradi EFE. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...