Angliya Liga kubogi 1/8 final bosqichi doirasidagi "Manchester Siti"dan uchralgan mag‘lubiyatdan (2:3) so‘ng "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp matbuot anjumanida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.
"Uzoq vaqt davomida o‘ynamagan tarkibni sinab ko‘rdik, moslashish uchun vaqt kerak bo‘ldi. Dastlabki 15 daqiqada bir nechta muammolar yuzaga keldi, shu tufayli o‘zimizga bo‘lgan ishonchni biroz yo‘qotdik.
Mutlaqo keraksiz vaziyatlarda gol o‘tkazib yubordik. Yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘ldik, ko‘proq gol urishimiz mumkin edi. Ammo barchasi bizning foydamizga bo‘lmadi.
Har ikki jamoa shiddatli o‘yin ko‘rsatdi, bu normal holat. Umuman olganda, biz yaxshi o‘ynadik, biroq bu "Siti"ni mag‘lub etishga yetarli emas. Mazkur bellashuv bizga keyingilari oldidan yaxshi poydevor bo‘lib xizmat qiladi",-dedi germaniyalik mutaxassis. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...