Osiyo Chempionlar ligasi musobaqasining guruh bosqich 1-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" hamda "Naft Tehron" klublari o‘rtasida kechgan uchrashuv o‘z nihoyasiga etdi. Unda "Paxtakor" klubi Eronning "Naft" jamoasini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
O‘yinni toshkentlik futbolchilar ancha faol boshlashdi. Dastlabki daqiqalar mehmonlar jarima maydonchasi atrofida bordi. “Naft” futbolchilarining bir oz dovdirab qolganidan foydalangan “Paxtakor” a’zolari hisobni ochish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘lishgandi.
Burchakdan oshirib berilgan to‘pni eronlik futbolchilar o‘z jarima maydonchalaridan uzoqlashtirishga harakat qilishdi. Ammo to‘p “Paxtakor”ni yangi futbolchisi Adnan Oraxovasga borib tushdi. Uning jarima maydonchasi chizig‘idan bergan zarbasi darvoza to‘siniga tegib maydonga qaytdi. Qaytgan to‘pni Igor Sergeev darvozaga yo‘llagandi. Ammo mehmonlar darvozaboni Beiranvand hushyorlik qilib, bu to‘pni ushlab oldi.
Shundan keyin eronlik futbolchilar ham asta-sekin o‘zlariga kela boshlashdi. Ular maydon markazida ustunlikni qo‘lga kiritib, birin-ketin hujumlar uyushtira boshlashdi. Bu hijumlarni “Paxtakor” himoyachilari va darvozaboni qiyinchilik bilan bartaraf etib turishdi. Bunday vaziyatlarda Samvel Babayan shogirdlari jismoniy va funksional tayyorgarlik borasida raqiblariga imkoniyatni boy berib qo‘yishayotgani yaqqol namoyon bo‘ldi. Albatta, buni bizda hali mavsum boshlanmagani, Eronda esa ayni qizg‘in pallasiga kirgani bilan izohlash mumkin.
Birinchi bo‘limda toshkentlik futbolchilar asosan chap qanotdan hujum uyushtirishga harakat qilishdi. Bu vaziyatlarda Stas Andreev va Sasha Merzlyakovlar ancha faol harakat qilishganini alohida ta’kidlash kerak. Ammo jarima maydonchasiga havolatib oshirilgan to‘plarni eronliklar tarkibidagi bo‘ydor braziliyalik legioner Leandro Padovani ortiqcha qiyinchiliksiz bartaraf etib turdi.
“Naft” futbolchilari esa asosan o‘ng qanotdan hujum uyushtirishdi. Shuningdek, tehronliklar markazdan ham jarima maydonchamizga yorib kirishga harakat qilishdi. Biroq har ikki jamoa har qancha harakat qilsa ham, birinchi bo‘limda darvozalarga to‘p kiritilmadi.
Ikkinchi bo‘lim yana vakillarimizning hujumi bilan boshlandi. Bu esa tezda o‘z samarasini berdi. Darvozabon Lobanov to‘pni egallab olib, oldinga uzatib berdi. Iskandarov o‘ng qanotdagi Karimovni to‘p bilan ta’minaldi. Uning havolatib jarima maydonchasiga uzatib bergan to‘pini Kaxi Maxaradze boshi bilan darvozaga aniq yo‘lladi.
Hisob ochilganidan keyin “Naft” futbolchilari oldinga tashlanishdi. Qarshi hujumga o‘tib ketayotgan futbolchini Sherzod Karimov qo‘pollik bilan to‘xtatib qoldi. Yaponiyalik hakam bu vaziyatda yarim himoyachimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatib, uni maydondan chetlatdi.
Bir kishi ko‘p bo‘lib harakatlangan “Naft” jamoasi tezda hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Egor Krimesning xatosidan unumli foydalangan Ali Gorbani osonlik bilan Lobanov darvozasini ishg‘ol qildi.
Shundan keyin “Paxtakor” futbolchilarida hisobni oshirish uchun bir qator imkoniyatlar bo‘lgandi. Ammo ular bu imkoniyatlardan “ha” deganda unumli foydalana olishmadi. Shunday bo‘lsa ham, bir kishi kam bo‘lishiga qaramay toshkentliklar uchrashuvning so‘nggi daqiqalarini juda faol o‘tkazishdi.
Bu esa o‘z samarasini bermay qolmadi. Vladimir Kozakning jarimadan yo‘llagan kuchli zarbasini eronlik darvozabon qaytardi. Ammo qaytgan to‘pga birinchi bo‘lib etib kelgan Igor Sergeev aniq zarba bilan gol kiritib, hisobni oshirishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa “Paxtakor” Osiyo Chempionlar ligasining dastlabki o‘yinida g‘alaba qozonib, uch ochkoni qo‘lga kiritdi.
“Paxtakor” – “Naft Tehron” 2:1
Gol: K.Maxaradze (48), I.Sergeev (85) – Gorbani, 59
"Paxtakor": Aleksandr Lobanov, Egor Krimes, Adnan Oraxovas, Aleksandr Merzlyakov, Davron Hoshimov, Akbar Ismatullaev, Kaxi Maxaradze, Sherzod Karimov, Jamshid Iskanderov, Stanislav Andreev, Igor Sergeev.
"Naft Tehron": Ali Rizo Beiranvand, Mexdi Shiriy, Amin Hojimuhammadiy, Ali Rizo Izzatiy, Vohid Amiriy, G‘ulom Rizoiy, Kamoliddin Kamyabinia, Vohid Hamdinajot, Leandro Padovani, Iman Mobali, Gorbani.
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi