1 006
Qo‘l jangi: o‘zbekistonlik sportchilar Moskvada o‘tkazilgan JCHda muvafaqqiyatli ishtirok etishdi

Rossiyaning Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan qo‘l jangi bo‘yicha Jahon chempionatida muvafaqqiyatli ishtirok etishdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Jahon chempionatida 20 ta davlatdan mutlaq vazn toifalarining eng kuchli jangchilari ishtirok etishdi.
Unda Rossiya, Janubiy Osetiya, Ozarbayjon, Afg‘oniston, Misr, Belarus, Germaniya, Gruziya, Hindiston, Iordaniya, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Livan, Pokiston, Suriya, Tojikiston, Tailand, Turkmaniston, O‘zbekistondan sportchilar qatnashdi.
73 kilogrammgacha vazn toifasida jahon chempioni unvoni va kamarini rossiyalik Ilgar Huseynov, 73 kilogrammdan yuqori vazn toifasida esa o‘zbekistonlik Ulug‘bek Nizomiddinov qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, musobaqda Asadbek Hikmatov va Ilyos Komilov ham munosib ishtirok etishdi.
73 kg gacha bo‘lgan toifa:
1. Ilgar Huseynov (Rossiya)
2. Danil Makogonov (Rossiya)
3. Vladimir Drach (Belarus)
3. Asadbek Hikmatov (O‘zbekiston)
73 kg dan yuqori toifa:
1. Ulug‘bek Nizomiddinov (O‘zbekiston)
2. Nikolay Fedyanovich (Rossiya)
3. Gitinomagomed Magomedov (Rossiya)
3. Iles Komilov (O‘zbekiston)

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar