09:56 / 27.12.2022
2 474

Bu klubga Shomurodov armon bo‘lib qoldi!

Bu klubga Shomurodov armon bo‘lib qoldi!
Hali qishki transferlar oynasi ochilmasidan Eldor Shomurodovni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilayotgan jamoalar “Roma” bilan muzokaraga kirishgani haqida xabarlar tarqatilmoqda.

O‘zbek hujumchisini so‘rab, poytaxt klubiga birinchilardan bo‘lib murojaat qilgan “Kremoneze” o‘z rejasini amalga oshira olmay qoldi.

Kremoneliklar Shomurodovni hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun asosiy nishon sifatida belgilagandi. Lekin Eldor A Seriya musobaqa jadvalida xavfli hududda turgan va quyi ligaga tushib ketish ehtimoli yuqori bo‘lgan jamoa taklifini rad etgandi.

Calciomercato.com saytining ma’lum qilishicha, “Kremoneze” uchun Shomurodov armon bo‘lib qoldi va klub o‘zbek hujumchisi o‘rniga boshqa futbolchi oladigan bo‘lyapti. Hozircha, kremoneliklar hujum markaziga “Verona” forvardlari – Tomas Anri va Kevin Lazanyani mo‘ljallamoqda.

Har ikki hujumchi uchun ham “Verona”dagi faoliyat kutilganidek chiqmayapti. Fransiyalik 28 yoshli Anri bu mavsum jami 16 ta uchrashuvda ikkita to‘p kiritdi. Italiyalik 30 yoshli Lazanya esa 14 ta o‘yinda raqiblar darvozasini ikki bor ishg‘ol qildi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Eldor Shomurodov uchun “Torino”, “Fiorentina” va “Sampdoriya” kurashmoqda. 27 yoshli legionerimizning o‘zi Turinga ko‘chib o‘tishga moyillik bildirgan.

Mourinoni muhim uchrashuv kutmoqda

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino Qatardagi jahon chempionatidan keyin ikkita zo‘r taklif oldi.

59 yoshli mutaxassisga Portugaliya va Braziliya futbol federatsiyalari murojaat qildi. Har ikki tomon Mourinodan mundialda muvaffaqiyatsiz qatnashgan Portugaliya va Braziliya terma jamoalarini boshqarishni so‘ragan.

Boshida Joze Mourino ham bu takliflarga qiziqish bildirdi. Uning agenti Jorje Mendesh Portugaliya futbol federatsiyasi rahbariyati bilan muzokara o‘tkazishga ham ulgurdi.

Tabiiyki, bu takliflar “Roma” rahbariyatini ham harakatga keltirdi. Rim klubi xo‘jayinlari Joze Mourinoga bir paytda ikki jamoani boshqarishiga ruxsat bermadi.

Ma’lumotlarga qaraganda, bu masala yozda yana bir bor muhokama qilinadi. “Roma”ga egalik qiluvchi Fridkinlar oilasi iyun oyida Joze Mourino bilan uchrashib, uning kelajagini muhokama qiladi.

Mourinoning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozigacha tuzilgan. Portugaliyalik mutaxassis qo‘l ostida “bo‘rilar” o‘tgan mavsumda yangi musobaqa – UYEFA Konferensiyalar kubogini qo‘lga kiritgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bu klubga Shomurodov armon bo‘lib qoldi!