date
views 921

APL. «Manchester Siti» safarda ishonchli g‘alabaga erishdi, Erling Holanddan dubl (video)

APL. «Manchester Siti» safarda ishonchli g‘alabaga erishdi, Erling Holanddan dubl (video)
Futbol bo‘yicha Angliya Premer Ligasi 17-turidan o‘rin olgan o‘yinda «Manchester Siti» 28 dekabr, chorshanba kuni «Lids»ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limi so‘ngida Rodri «shaharliklar»ni hisobda oldinga olib chiqdi. 51-daqiqada Erling Holand katta sahnaga chiqdi. U gol urib, hisobni ishonchli ko‘rinishga olib kelgan bo‘lsa, 64-daqiqada dublni rasmiylashtirdi.

O‘yinning 73-daqiqasida Paskal Strayk hisobni qisqartirdi. Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va «shaharliklar» g‘alabaga erishdi.

Pep Gvardiola shogirdlari ochkolari sonini 35 taga yetkazib, 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

«Lids» – «Manchester Siti» 1:3
Gollar
: 0:1 – 45 Rodri, 0:2 – 51 Holand, 0:3 – 64 Holand, 1:3 – 73 Streyk.
«Lids»: Mele, Kristensen (Eyling, 65), Kuper (Lorente, 72), Kox, Streyk, Forshou (Klix, 65), Roka, Aaronson (Jabi, 83), Rodrigo (Gelhardt, 72), Grinvud, Nonto.
«Manchester Siti»: Ederson, Lyuis (Joau Kanselu, 68), Stounz, Akanji, Ake, Gundo‘g‘an, de Bryuyne, Rodri, Grilish (Foden, 73), Mahrez (Palmer, 88), Holand.
Ogohlanitirishlar: Lyuis (62), Klix (70), Nonto (71), Rodri (81), Grinvud (85), Palmer (90+2).

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » APL. «Manchester Siti» safarda ishonchli g‘alabaga erishdi, Erling Holanddan dubl (video)